| tuman | |
|---|---|
| Tarkibida | Oqtoʻbe viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Chalqar |
| Asos solingan sanasi | 1921-yil |
| Akim | Danagʻulov Yerboʻl Jetkergenovich |
| Rasmiy tillar | qozoq |
| Aholi (2013) | 45,513 |
| Zichligi | 0,7 kishi./km² |
| Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar |
| Maydoni | 62,200 km² |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Telefon kodi | +7 71335 |
| Pochta indeksi | 031200-031216 |
| Avtomobil raqami kodi | D, 04 |
| Rasmiy sayti | http://shalkar.aktobe.gov.kz/ |
| Xaritada | |
![]() | |
| 47°49′40″N 59°36′58″E / 47.82778°N 59.61611°E | |
Chalqar tumani — Oqtoʻbe viloyatining janubi-sharqiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 62,2 ming km2. Tuman 1921-yilda tashkil topgan. Aholisi 45,513 (2013); kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 0,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Chalqar shahri.
Iqlimi
Tuman iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –10 — 12 °С, shimoliy qismida –14 — 16 °С. Iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 24 – 26°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 150 – 200 mm.
Aholi punktlari
66-temir yoʻl razyezdi, 67-temir yoʻl razyezdi, Begumbet, Birshoʻgʻir, Boyqadam, Boʻzoʻy, Esetota, Kengdola, Koʻpmoʻla, Munke Biy, Olabosh, Olaqoʻzi, Oqqaytim, Qo'tirtosh, Qonbaxtli, Qorabuloq, Qorashoʻqot, Qoratol, Qoratoʻgʻoy, Qoviljir, Qoʻpasoʻr, Qoʻpatoy, Qo‘rg‘onjar, Quyonquloq, Saridulak, Shilikti, Shoʻqisuv, Toldiqum, Toshbuloq, Tumolikoʻl, Ushquroy.
Ijtimoiy soha
Tumanda 44 ta maktab, 1 kasbiy-texnik maktab, sport maktabi, 3 ta bolalar bogʻchasi, 4 ta madaniyat uyi, 12 kutubxona, stadionlar aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida tuman kasalxonasi va shifoxonasi, 1 qishloq kasalxonasi, 2 feld.-akusherlik punkt, 10 feldsherlik punkt aholi uchun xizmatda.
- Oqtoʻbe viloyati
- Qozogʻiston tumanlari
