| Ahmad Berdimurodov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1969-yil 8-mart Beruniy, Qoraqalpogʻiston |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Aktyor, sportchi |
| Filmlari | Shaytanat Sevginator |
Ahmad Berdimurodov (1969-yil 8-mart, Beruniy, Qoraqalpogʻiston) — oʻzbek aktyori va sportchisi.
Hayoti
Ahmad Berdimurodov 1969-yil 8-martda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida tavallud topgan. U oʻrta maktabni bitirib, Moskva davlat universitetiga oʻqishga kiradi. Keyinchalik Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil oladi. Oʻqishni tugatib, Toshkent shahri prokraturasida tergovchi boʻlib faoliyat yuritadi va tasodifan kinochilar eʼtiboriga tushib qoladi.
U ilk rolini 1997-yilda „Tartib“ filmida ijro qilgan boʻlib, unda Azamat Sunnatov obrazini gavdalantirgan. Lekin uning mashhur qilgan roli „Shaytanat“ teleserialidagi Jamshid Samatullayev obrazini hisoblanadi. Bundan soʻng esa “Panoh”, “Sevginator”, “Qalbim o‘g‘risi”, “Makrli dunyo” va “Mehmonxona” seriallarida turli obrazlarni ijro etgan. Ahmad Berdimurodov bundan tashqari “Ziddiyat”, “Orville”, “NCIS Los Angeles” kabi Hollywood seriallarida ham suratga tushgan.
Ahmad Berdimurodov aktyorlikdan tashqari taekvondo bilan shugʻillanib yurgan va 2000-yilda taekvondo boʻyicha jahon chempioni boʻlgan.
2010-yilda AQShga borib, Nyu-York kino akademiyasining rejissyorlik kurslarida tahsil oladi va “Oscar” mukofoti taqdimot marosimining maxsus 7 tansoqchilaridan biri boʻladi. U hozirda AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida istiqomat qiladi. Uning bir oʻgʻil va ikki qiz farzandi bor.
Filmografiyasi
| Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2018 | Mehmonxona 2 | Ahmad | |
| 2009 | Qalbim oʻgʻrisi | Tergovchi | |
| 2007 | Sevginator | Murabbiy | |
| Panoh | Bosh rol | ||
| Tuzoq | |||
| 2006 | Makrli dunyo | Elyor | |
| 1998 | Shaytanat | Jamshid Samatullayev | Teleserial |
| 1997 | Tartib | Azamat Sunnatov |
- 8-martda tugʻilganlar
- 1969-yilda tugʻilganlar
- Beruniy (shahar)da tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha aktyorlar
- Oʻzbekistonlik aktyorlar
- Oʻzbekiston taekvondochilari
