- Vikipediyada ismi Hikmat va familiyasi Hoshimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 1979-yil 12-may | ||
| Tavallud joyi | Toshkent shahri, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 182 m (597 ft 1 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Vazni | 79 | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1998 | MHSK | 4 | (0) |
| 1999—2001 | Doʻstlik | - | (0) |
| 2001—2002 | Soʻgʻdiyona | 43 | (4) |
| 2003—2004 | Metallurg | 54 | (12) |
| 2005 | Lokomotiv | 20 | (0) |
| 2006 | Andijon | 30 | (2) |
| 2007 | Nasaf | 29 | (3) |
| 2008—2010 | Metallurg | 72 | (13) |
| 2010 | Bunyodkor | 12 | (0) |
| 2011—2017 | Metallurg | 202 | (7) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2006—2008 | Oʻzbekiston | 13 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2020 uchun) | |||
Hikmatjon Husanovich Hoshimov (Ҳикматжон Ҳусанович Ҳошимов; 1979-yil 12-noyabr) — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, faoliyati davomida yarim himoyachi va himoyachi pozitsiyalarida toʻp tepgan. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 2007-yilgi Osiyo Kubogi final turniri ishtirokchisi boʻlgan.
Futbolchilik faoliyati
Hikmat Hoshimov 18 yoshida Toshkentning MHSK klubi asosiy jamoasi tarkibida futbol oʻynashni boshlagan. 1999-yilgi mavsum boshida Doʻstlik klubi tarkibiga oʻtgan va ikki mavsum davomida klubning oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida oʻynagan. 2001-yilda Jizzaxning Soʻgʻdiyona klubiga oʻtgan va klubning asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylangan. Hikmat keyinchalik faoliyati davomida Lokomotiv (Toshkent), Andijon, Nasaf va Bunyodkor klublarida oʻynagan.
Hoshimov faoliyatining turli yillarida, uzoq muddat Bekobodning Metallurg Bekobod jamoasi tarkibida oʻynagan va Oʻzbekiston chempionatlarida ushbu klub safida 300 ga yaqin oʻyin oʻtkazgan.
Milliy terma jamoa
2007—2008-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasining oʻsha davrdagi bosh murabbiyi Rauf Inileyev Hoshimovni terma jamoaga jalb etgan. Futbolchi terma jamoadagi debyut oʻyinini 2007-yil 7-fevralda Ozarbayjon jamoasiga qarshi oʻtkazgan. 2007-yil 23-martda Tayvan terma jamoasiga qarshi terma jamoadagi oʻzining birinchi golini urgan.
2007-yilning iyul oyida Hoshimov Osiyo Kubogi final turnirida ishtirok etgan. Turnirda davomida bitta oʻyinda maydonga tushgan.
Milliy terma jamoa safida jami 13 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan, shuningdek, ikkita norasmiy oʻyinda ham ishtirok etgan.
Yutuqlari
Oʻzbekiston Oliy ligasi Chempioni: (3) 1999, 2000, 2010
Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (2) 2000, 2010
Shaxsiy hayoti
Angliya Premyer-ligasida oʻynaydigan birinchi oʻzbek futbolchisi — Abduqodir Husanov Hikmat Hoshimovning oʻgʻli hisoblanadi.
- 12-mayda tugʻilganlar
- 1979-yilda tugʻilganlar
- Toshkent shahrida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- MHSK klubi futbolchilari
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Doʻstlik Toshkent futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
