| shahar | |
![]() | |
| 37°50′11″N 68°46′49″E / 37.83639°N 68.78028°E | |
| Mamlakat | Tojikiston |
| viloyat | Xatlon viloyati |
| Hukumat | |
| • Hokim | ShohAbror_Davlat |
| Maydon | 28,520 km2 (11,010 kv mi) |
| Markazi balandligi | 506 m |
| Rasmiy til(lar)i | tojik tili|tojikcha |
| Aholisi (2022) | 126 700 |
| Milliy tarkib | oʻzbeklar, tojiklar, ruslar |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Telefon kodi | +992-3222 |
| Avtomobil kodi | 03 |
| | |
Boxtar (tojikcha: Бохтар) — Tojikiston Respublikasidagi shahar. Qo’rg’ontepa viloyati markazi. Vaxsh vodiysida, Vaxsh daryosining chap sohilida, oʻrtacha 428 m balandlikda. Dushanbe shahridan 99 km janubda joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi (Boxtar orqali Termiz — Yovon temir yoʻli oʻtgan). Aholisi 107,4 ming kishidan ziyod (2016).
Tarixi

Yozma manbalar va arxeologik topilmalar tasdiqlashicha kushonlar davrida I—IV asrlarda vujudga kelgan va oʻsha paytda Levakand deb yuritilgan. Arablar istilosigacha shahar obod boʻlgan. pul zarb qilingan. VII—VIII asrlarda shahar xalifalik tarkibida, XIII asrdan moʻgʻullar, soʻng Temuriylar va Shayboniylar tasarrufida boʻlgan. XVI asrda shahar ancha ravnaq topdi. Qoʻrgʻontepaning hozirgi nomi tarixiy manbalarda ilk bor XVII asrdan uchraydi. Shahar yonidagi baland tepalik kushonlar davridan qolgan qoʻrgʻon xarobasi deb taxmin qilinadi.
Ijtimoiy soha
Transformator taʼmirlash, mexanika, paxta tozalash, gʻisht, sut, pivo, mevasabzavot konserva, yogʻ-moy zavodlari, non, goʻsht, don mahsulotlari ishlab chiqarish, maishiy xizmat koʻrsatish kombinatlari, "Tojikatlas" korxonasi, tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasi ishlab turibdi. Pedagogika universiteti, energetika texnikumi, hunar-texnika bilim yurtlari, tibbiyot va pedagogika oʻrta maxsus bilim yurtlari. 12 umumiy taʼlim, musiqa maktablari bor. Shahar markazida Ismoil Somoniyga haykal oʻrnatilgan.
- Tojikiston shaharlari
- Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari
- Tojikiston geografiyasiga oid chala maqolalar

