| Joyi | |
|---|---|
| Koordinatalari | 37°36′26″N 61°50′44″E / 37.607191°N 61.845672°E |
| Qachon ochilgan | 2009 |
| Egasi | Mari shahar hokimligi |
| Yuzasi | chimli maydon |
| Bosh pudratchi | Kılıç İnşaat |
| Hajmi | 10,000 |
| Maydon egalari | |
| Marv F. K. | |
Mari stadioni (turkmancha: Mary sport toplumy) — Turkmanistonning Mari shahrida joylashgan koʻp maqsadli stadion. Hozirda asosan futbol oʻyinlari uchun foydalaniladi va Marv jamoasining uy stadioni sifatida xizmat qiladi. Stadion 10 000 kishiga moʻljallangan.
Tarixi
Sport majmuasi 2009-yilning may oyida ochilgan. Birinchi oʻyin mahalliy „Marv“ va Afgʻonistonning „Istiqlol Hirot“ jamoalari oʻrtasida (6:0) boʻlib oʻtgan. Qurilish ishlari Turkiyaning Kılıç İnşaat kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Loyiha qiymati 20 million dollar deb baxolangan.
Sport majmuasi hududida 10 ming tomoshabinga moʻljallangan stadiondan tashqari gimnastika, boks, kurash va trenajyor zallari, tennis kortlari, basketbol, mini-futbol va voleybol maydonlari barpo etigan.
- Stadionlar
- Turkmanistondagi futbol stadionlari
- Mari