| Mehrimoh Sulton | |
|---|---|
| Tugʻilishi | tax. 1578/1579. Topkapı saroyi, Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi |
| Vafoti | 1625-yildan keyin Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi |
| Dafn etilgan joy | Murod III maqbarasi, Ayasofya, Istanbul |
| Turmush oʻrtogʻi | Elvendzoda Ali posho (turm. 1594; vaf. 1599) Mirohur Ahmad posho (turm. 1600; vaf. 1618) Çerkes Mehmed posho (turm. 1618; vaf. 1625) |
| Sulola | Usmoniylar |
| Otasi | Murod III |
| Onasi | Safiya Sulton (bahsli) |
| Dini | Islom, sunniylik |
Mehrimoh Sulton (usmonli turkcha: مهرماه سلطان; tax. 1578/1579-yilda tugʻilgan) – Usmoniylar malikasi, Usmoniylar imperiyasi sultoni Murod III ning (h. 1574–1595) qizi, sulton Mehmed III ning (h. 1595–1603) singlisi.
Tavalludi
Usmoniylar reyestriga koʻra, 1595-yilda Murod III vafot etganida Mehrimoh Sulton uning eng katta qizlari qatorida boʻlgan, bu esa uning Safiya Sultonning qizi boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi. Mehrimoh Sulton 1578-yildan oldin tugʻilmagan. Shuningdek, u sulton Sulaymon I ning qizi Mehrimoh Sultonning vafotidan koʻp oʻtmay tugʻilgan boʻlsa, bu ham mantiqan uning Safiya Sultonning qizi degan taxminga toʻgʻri keladi. Agar Mehrimoh Safiya Sultonning qizi boʻlgan boʻlsa, uning Mehmed III, Shahzoda Salim va Shahzoda Mahmud ismli uch nafar tugʻishgan akasi, Humoshoh Sulton, Oysha Sulton va Fotma Sulton ismli uch nafar tugʻishgan opalari boʻlgan.
Nikohlari
Mehrimoh Sulton Mirohur Ahmad poshoga turmushga chiqqan. Nikohdan soʻng Mehmed III uni Mosul hokimi etib tayinlagan. Ahmad I hukmronligi davrida Ahmad posho 1614-yilgacha Rumelia hokimi lavozimida, keyinroq esa Damashq hokimi lavozimida xizmat qilgan.
Ahmad posho 1618-yilda vafot etgach, Mehrimoh Sulton Çerkes Mehmed poshoga turmushga chiqqan. Mehmed posho 1618-yilda Damashq hokimi lavozimida Mehrimoh Sultonning oldingi eri Ahmad poshoning oʻrnini egallagan, shu sababli Ahmad poshoning vafotidan keyin ehtimol oʻsha yilning oʻzida Mehrimoh Sulton Mehmed poshoga turmushga chiqqan, deb taxmin qilish mumkin.
1621-yilda Mehrimoh va uning eri Istanbulga kelgan, chunki Mehmed posho toʻrtinchi vazir etib tayinlangan. Murod IV hukmronligi davrida u 1624-yilda Bosh vazir boʻlgan va 1625-yil 28-yanvarda Tokatda vafot etguniga qadar shu lavozimda xizmat qilgan. Mehrimoh Sulton Mehmed posho bilan nikohida farzand koʻrgan-koʻrmagani nomaʼlum.
Vafoti
Nehrimoh Sultonning keyingi hayoti, shuningdek, uning yana turmush qurgan-qurmagani nomaʼlum. U 1625-yildan keyin, ehtimol Murod IV hukmronligi davrida vafot etgan, biroq bu maʼlumot ham tasdiqlanmagan. Mehrimoh Sulton vafot etgach, Ayasofya hovlisida joylashgan Murod III maqbarasiga dafn etilgan.
Adabiyotlar
- Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler (tr). Oğlak Yayıncılık, 2015. ISBN 978-9-753-29623-6.
- Süreyya Mehmed Bey. Sicill-i Osmani Nuri Akbayar: . Istanbul: Tarih Vakfi Yurt Yayınlar, 1996 — 469-bet.
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- 1570-yillarda tugʻilganlar
- 1630-yillarda vafot etganlar
- 17-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari
- 16-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari
- Murod III qizlari