Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„Yor-yor“ (ruscha: Где ты, моя Зульфия?) — taniqli oʻzbek rejissori Ali Hamroyev 1964-yil yaratgan musiqiy kinokomediya. Film eng sara oʻzbek komediyalaridan bi

Yor-yor (film)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yor-yor

„Yor-yor“ filmidan skrinshot
Rejissyor(lar) Ali Hamroyev
Ssenariy
muallif(lar)i
Rahmat Fayziy
Rollarda
Bastakor(lar)
Montajyor(lar) Odil Yoqubov
Studiya Oʻzbekfilm
Davomiylik 70 minut
Mamlakatlar Oʻzbek SSR, SSSR
Tillar Oʻzbekcha, ruscha

Yor-yor“ (ruscha: Где ты, моя Зульфия?) — taniqli oʻzbek rejissori Ali Hamroyev 1964-yil yaratgan musiqiy kinokomediya. Film eng sara oʻzbek komediyalaridan biri hisoblanadi, uni baʼzan „oʻzbek milliy komediyasi” deb atashadi.

Syujeti

Baxtiyor (Baxtiyor Ixtiyorov ijro etgan) Zulfiya degan qizni televizorda koʻrib, uni sevib qoladi. Zulfiyani izlab topishga qaror qilgan Baxtiyor otasi bilan butun Oʻzbek SSRni kezadi. Ular juda koʻp odamni uchratishadi, turli voqealarni boshdan kechirishadi, ammo Zulfiyani topa olishmaydi. Toshkentga qaytganlaridan keyin Baxtiyor va uning oilasi shaharning eski qismidagi uylarini tashlab, yangi kvartiraga koʻchib chiqishadi. Film oxirida Baxtiyor yangi uyda Zulfiya bilan qoʻshni ekanligini koʻradi.

Yuqori