![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 1998-yil 13-oktyabr | ||
| Tavallud joyi | Brescia, Italiya | ||
| Boʻyi | 1.88 m | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Como | ||
| Raqami | 13 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| –2015 | Lumezzane | ||
| 2015–2016 | → Atalanta (ijara) | ||
| 2016 | Atalanta | ||
Alberto Dossena (1998-yil 13-oktabrda Italiyaning Breshia shahrida tugʻilgan) – italiyalik futbolchi, „Komo“ klubi himoyachisi.
Klubdagi faoliyati
Atalanta
Alberto Dossena „Lumedzane“ futbol klubi akademiyasida taʼlim olayotganida „Atalanta“ skautlari eʼtiborini tortgan. 2015-yil yozida transfer amalga oshirilgan. 2017-yil 31-yanvarda Dossena B seriyasidagi „Perugia“ jamoasiga ijaraga berilgan. 4-mart kuni u „Avellino 1912“ jamoasiga qarshi oʻyinda professional darajadagi debyutini oʻtkazgan va uning jamoasi 5:0 hisobida gʻalaba qozongan. Oʻsha yilning 28-oktabrida Dossena „Cremonese“ darvozasiga oʻzining birinchi golini urgan. Ijaradan qaytgan futbolchi darhol C seriyasidagi „Siena“ jamoasiga yoʻl olgan. Biroq, u atigi olti marta maydonga tushgan. Keyingi ikki mavsumda Dossena uchinchi ligada qolib, „Pistoyeze“ va „Alessandria“ kabi jamoalarda toʻp surgan.
Avellino 1912
2020-yil 15-sentabrda Alberto Dossena bir qator ijara shartnomalaridan soʻng „Atalanta“ni tark etgan va „Avellino 1912“ bilan shartnoma imzolagan. U tezda asosiy tarkibdan joy olgan va ketma-ket ikki mavsum davomida jamoaga ligada koʻtarilish uchun kurashda yordam bergan. U jami 54 ta oʻyin oʻtkazib, uchta gol urgan.
Cagliari
2022-yil 12-avgustda u A Seriyadan tushib ketgan „Cagliari“ jamoasiga yangi futbolchi sifatida namoyish etilgan. Klub tarkibida Antonio Barreka va Edoardo Goldani unga jiddiy raqobatchilar boʻlishgan. Debyuti 26-dekabr kuni „Kozentsa“ klubiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan. Mavsumning ikkinchi yarmida Klaudio Ranyeri bosh murabbiylik lavozimiga kelgach, Dossena asosiy tarkibdan joy olgan. 2023-yil 11-iyun kuni „Bari“ga qarshi pley-off oʻyinida Dossena oʻz jamoasi bilan A Seriyaga qaytishga muvaffaq boʻlgan.
2023-yilning 12-avgustida Dossena Italiya kubogi doirasida „Palermo“ga qarshi oʻyinda „Cagliari“ safidagi ilk golini urgan va jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. A Seriyadagi debyuti 21-avgustda boʻlib oʻtgan, u „Torino“ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushgan. 30-avgust kuni Dossena „Cagliari“ bilan shartnomasini 2027-yilgacha uzaytirgan. 11-noyabr kuni futbolchi A Seriya doirasida „Yuventus“ darvozasiga klub safidagi ilk golini kiritisha muvaffaq boʻlgan.
- 13-oktyabrda tugʻilganlar
- 1998-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Italiyalik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Serie A futbolchilari
- Serie B futbolchilari
- Serie C futbolchilari
- Atalanta BC futbolchilari
- AC Perugia Calcio futbolchilari
- Siena FC SSD futbolchilari
- FC Pistoiese SSD futbolchilari
- US Alessandria Calcio 1912 futbolchilari
- US Avellino 1912 futbolchilari
- Cagliari Calcio futbolchilari
- Como 1907 futbolchilari
