Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Shoislom Ismonovich Shoqosimov — oʻzbek diplomati va filolog. 2005-yildan 2018-yilgacha Oʻzbekistonning Tojikistondagi elchisi.

Shoislom Shoqosimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shoislom Ismonovich Shoqosimov
Oʻzbekistonning Tojikistondagi elchisi
Mansab davri
2005-yildan  2018-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi Ergash Shoismatov
Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi
Mansab davri
1998-yildan  2003-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Shomansur Shohalilov
Vorisi Baxtiyor Islomov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1951-yil 2-dekabr (1951-12-02) (74 yosh)
Taraz, Qozogʻiston

Shoislom Ismonovich Shoqosimov — oʻzbek diplomati va filolog. 2005-yildan 2018-yilgacha Oʻzbekistonning Tojikistondagi elchisi.

Biografiyasi

Qozog‘istonning Jambul shahrida tugʻilgan.

Toshkent universitetining filologiya fakultetini, KPSS MK huzuridagi siyosatshunoslik maktabini tamomlagan.

Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Toshkent viloyati qoʻmitasi mafkura boʻlimida ishlagan.

1994-yildan 1998-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

1998-yildan 2003-yilgacha — Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi.

2003-yildan 2005-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

2005-yildan 2018-yilgacha — Oʻzbekistonning Tojikistondagi elchisi.

2018-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi energetika ishchilari kasaba uyushmasi raisining oʻrinbosari.

Yuqori