| Nargiza Isamiddinovna Nematova | |
|---|---|
| Mansab davri 2020-yil 29-fevral – hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Sherali Salomov |
| Mansab davri 2004-yil – 2020-yil 29-fevral | |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
kengashi deputati | |
| Mansab davri 2004-yil – hozirgacha | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1969-yil 19-fevral Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR, SSSR. |
| Fuqaroligi | |
| Dini | islom |
| Mukofotlari | |
Nargiza Isamiddinovna Nematova; 1969-yil 23-aprel, Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR, SSSR) – oʻzbekistonlik siyosat arbobi. Buxoro viloyati tarixidagi ilk ayol hokim. Olot tumani hokimi (2020-yildan). Xalq deputatlari Olot tuman kengashining deputati (2004-yildan). Sodiq xizmatlari uchun medali sohibasi (2020).
Tarjimai holi
Nargiza Nematova 1969-yil 19-fevralda Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida tavallud topgan. 1991-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini (hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasi) tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi vrach-terapevt. Koʻp yillik doktorlik faoliyati davomida Olot tumani markaziy kasalxonasida turli lavozimlarda ishlagan.
Nargiza Nematovaning tumandagi siyosiy va ijtimoiy sohadagi faoliyati 2004-yildan boshlangan. Shu yildan boshlab u turli yillarda Olot tumani hokimi oʻrinbosari, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Xalq deputatlari Olot tuman kengashining deputati, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi, Olot tumani hokimi vazifasini bajaruvchi vazifalarida ishlab kelgan. 2020-yilda u Olot tumani hokimi vazifasiga tayinlangan. Shu tariqa Nargiza Neʼmatova Buxoro viloyati tarixidagi ilk ayol hokim boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yildagi Farmoni bilan Nargiza Neʼmatova Sodiq xizmatlari uchun medali bilan taqdirlangan. 2025-yilda esa, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi arafasida „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan.
- 19-fevralda tugʻilganlar
- 1969-yilda tugʻilganlar
- Qorakoʻl tumanida tugʻilganlar
- Sodiq xizmatlari uchun medali sohiblari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Olot tumani hokimlari
- Oʻzbekiston maʼmuriy birliklari hokimlari
- Hokimlar


