- Vikipediyada ismi Nazar va familiyasi Matchonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Nazar Matkarimovich Matchonov | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 1970-yil 28-dekabrdan – 1978-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Yodgor Nasriddinova |
| Vorisi | Inomjon Usmonxoʻjayev |
| Mansab davri 1962-yil may – 1965-yil mart | |
| Oʻtmishdoshi | Ahmadali Rizayev |
| Vorisi | Qayum Murtazoev |
| Mansab davri 1961-yil – 1961-yil | |
| Oʻtmishdoshi | Irisqul Niyozmetov |
| Vorisi | Sergey Tashkulov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1-yanvar 1923-yil Xiva, Xorazm XSR. |
| Vafoti | 30-iyul 2010-yil (87 yoshda) Toshkent |
| Siyosiy partiyasi | VKP (b) / KPSS |
| Taʼlim | Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti |
| Kasbi | Veterinar |
| Ilmiy unvoni | Veterinariya fanlari doktori (1969) |
| Mukofotlari | |
| Unvoni | professor (1971) |
Nazar Matkarimovich Matchonov (1.1.1923 — 30.7.2010) — Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1970—1978).
Tarjimai hol
Hunarmand oilasida tugʻilgan.
Taʼlim
1949-yildan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Veterinariya fanlari doktori (1969), professor (1971).
Mehnat faoliyati
1949—1959-yillarda tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi bosh veterinariya vrachi, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi veterinariya boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirligi veterinariya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 1959—1960-yillarda Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, 1960—1961-yillarda Oʻzbekiston KP Buxoro viloyat qoʻmitasi kotibi, 1961-yilda Buxoro viloyat kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi, 1962—1965-yillarda Oʻzbekiston KP Buxoro viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, 1961-1962 yillarda Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, 1965—1970-yillarda Oʻzbekiston KP Markaziy komiteti kotibi, 1970—1978-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi, 1966—1978-yillarda Oʻzbekiston KP Markaziy komiteti byurosining aʼzosi. SSSR Oliy Kengashi 7-8 chaqiriq deputati vazifalarida ishlagan. 1978-yil dekabrdan nafaqaga chiqqan.
1978—1989-yillarda Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasi zoologiya va parazitologiya instituti direktori, 1989—1991-yillarda Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasi zoologiya va parazitologiya instituti gelmintologiya laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi kabi ilmiy vazifalarda ham ishlagan.
- 1-yanvarda tugʻilganlar
- 1923-yilda tugʻilganlar
- Xivada tugʻilganlar
- 30-iyulda vafot etganlar
- 2010-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Lenin ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyati qoʻmitasi 1-kotiblari
- Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekistonlik veterinariya shifokorlari
- Ittifoq Kengashining Namangan viloyatidan saylangan deputatlari
- Ittifoq Kengashining Surxondaryo viloyatidan saylangan deputatlari
- Ittifoq Kengashining Xorazm viloyatidan saylangan deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raislari
- Buxoro viloyat ijroiya qo‘mitasi raislari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Byuro a’zolari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotiblari
- KPSS XXIV syezdi delegatlari
- KPSS XXV syezdi delegatlari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar



