Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Seyed Ashkan Dejagah (forscha: سید اشكان دژآگه‎‎; 1986-yil 5-iyulda tugʻilgan) – eronlik professional futbolchi, yarim himoyachi.

Ashkan Dejagah

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ashkan Dejagah
Dejagah Eron terma jamoasi mashgʻulotida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Seyed Ashkan Dejagah
Tavallud sanasi 1986-yil 5-iyul (1986-07-05) (39 yosh)
Tavallud joyi Tehron, Eron
Boʻyi 1.81 m
Ampluasi Hujumkor yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Foolad
Raqami 24
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000–1999 Reinickendorfer Füchse
1999–2000 Tennis Borussia Berlin
2000–2004 Hertha BSC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003–2007 Hertha BSC II 72 (23)
2004–2007 Hertha BSC 26 (1)
2007–2012 VfL Wolfsburg 132 (18)
2012–2014 Fulham 43 (5)
2014–2017 Al Arabi 45 (8)
2017 VfL Wolfsburg 0 (0)
2017 VfL Wolfsburg II 2 (0)
2018 Nottingham Forest 1 (0)
2018–2021 Tractor 62 (10)
2021–2022 Al Shahania 14 (7)
Milliy terma jamoa
2002–2003 Germaniya U17 10 (4)
2003–2004 Germaniya U18 4 (2)
2004 Germaniya U19 11 (3)
2004–2005 Germaniya U20 5 (2)
2005–2009 Germaniya U21 20 (4)
2012–2019 Eron 59 (11)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 20-oktyabr uchun)

Seyed Ashkan Dejagah (forscha: سید اشكان دژآگه; 1986-yil 5-iyulda tugʻilgan) – eronlik professional futbolchi, yarim himoyachi.

2001 va 2009-yillar oraligʻida Germaniya yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 2009-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan. 2011-yildan Eron terma jamoasi sharafini himoya qila boshlagan. 2014-yilgi jahon chempionati, 2015-yilgi Osiyo kubogi va 2018-yilgi jahon chempionatining saralash bosqichlarida ishtirok etgan. 2015-yilda Dejagah Navad muxlislari tomonidan Eronning eng yaxshi chap qanot yarim himoyachisi deb topilgan.

Bundesliganing 2004—2005-yilgi mavsumida Hertha futbol klubi safida harakat qilgan. 2007-yilda Volfsburg safiga oʻtgan. 2008—2009-yilgi mavsumda Bundesligada gʻolib boʻlgan. 2012-yilda 2,5 million yevro evaziga Premyer-liganing Fulham klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.

Yoshligi

Dejagah Eronning Tehron shahrida tugʻilgan va bir yoshida Germaniyaning Berlin shahriga koʻchib oʻtgan. 16 yoshida Germaniya fuqaroligini olgan.

Shaxsiy hayoti

Fulhamdagi faoliyati davomida Angliyaning London shahrida turmush oʻrtogʻi va qizlari bilan istiqomat qilgan. Dejagahning bir qoʻlida Berlin, ikkinchi qoʻlida Tehron tasviri tushirilgan tatuirovkalar, boʻynida esa „Qayerdan ekanligingni hech qachon unutma“ degan ibora bor. Uning rafiqasi ozarbayjonlik boʻlib, Bokuda tugʻilib oʻsgan.

Yutuqlari

VfL Volfsburg

  • Bundesliga: 2008–09

Traktor

  • Hazfi kubogi: 2019–20

Germaniya U21

  • 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionati : 2009

Individual

  • Osiyo kubogining eng yaxshi futbolchisi: 2019
Yuqori