| Angela Merkel | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 2005-yil 22-noyabr – 2021-yil 8-dekabr | |
| Prezident | Horst Köhler Christian Wulff Joachim Gauck Frank-Walter Steinmeier |
| Oʻtmishdoshi | Gerhard Schröder |
| Vorisi | Olaf Scholz |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1954-yil 17-iyul Gamburg |
| Mukofotlari | |
Angela Merkel (Angela Dorothea Kasner) (1954.17.7, Gamburg) — Germaniya sobiq davlat kansleri. Fizika fanlari doktori (1986). Leipzig universitetini tugatgan bundan tashqari o'nlab universitetlar darajasiga ega. Xususuan, 2019-yil dunyoning eng nufuzli universitetlaridan boʻlgan Garvard Universiteti doktorlik darajasiga ega bo'ldi va Universitetda nutq so'zladi. 1978-yildan Germaniya Demokratik Respublikasi Fanlar Akademiyasining fizik kimyo markaziy instituti ilmiy xodimi, 1990-yil Germaniya Demokratik Respublikasi demokratik hukumatining matbuot kotibi oʻrinbosari, birlashgan Germaniya federal hukumatining matbuot va axborot idorasi referenti, 1990-yildan Xristian-demokratik ittifoq va GFR bundestagi aʼzosi, 1991-yildan Germaniya xotin-qizlar va yoshlar ishlari boʻyicha, 1994-yildan atrof-muhitni muhofaza qilish va yadro reaktorlari xavfsizligi masalalari boʻyicha federal vazir, 1998-yildan Xristian-demokratik ittifoq bosh kotibi, 2000-yil apreldan raisi, 2002-yil sentyabrdan GFR bundestagida Xristian-demokratik ittifoq / Xristian sotsial ittifoqining birlashgan fraksiyasi raisi. 2015-yilda esa "Time" jurnali tomonidan "Yil Odami" deb e'tirof etiilgan va shuningdek koʻp marotaba "Forbes" tomonidan dunyoning "Eng nufuzli ayollari ro'yxati"da eng yuqori o'rinlarni egallagan. 2005-yil 22-noyabrdan GFR federal kansleri. 2021-yilda Angela Merkel iste'oga chiqdi va uning nafaqa puli 15 000 yevro boʻlishi aytildi.
- 17-iyulda tugʻilganlar
- 1954-yilda tugʻilganlar
- Gamburgda tugʻilganlar
- Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni sohiblari
- Avstriya oldidagi xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Stara planina ordeni sohiblari
- Qirol Abdulaziz ordeni sohiblari
- Zayd ordeni sohiblari
- Uch yulduz ordeni sohiblari
- Buyuk Vitautas ordeni katta xochi sohiblari
- Olmoniya Kanslerlari
- Nuqsonli RERO identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Prezidentlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo bo‘yicha siyosatchilar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Davlat yetakchilari haqidagi chala maqolalar


