Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Akmaljon Azimjonovich Mahmudaliyev — oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi. 2022—2025-yillarda Sirdaryo viloyati hokimi.

Akmaljon Mahmudaliyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Akmaljon Azimjonovich Mahmudaliyev
 Sirdaryo viloyati hokimi
 
Mansab davri
2022-yil 26-noyabrdan  2025-yil 16-yanvargacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Gʻofurjon Mirzayev
Vorisi Erkinjon Turdimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1974-yil 10-mart (1974-03-10) (52 yosh)
Fargʻona viloyati

Akmaljon Azimjonovich Mahmudaliyev — oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi. 2022—2025-yillarda Sirdaryo viloyati hokimi.

Biografiyasi

1974-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

1995-yilda Samarqand kooperativ institutini tugatgan.

2005-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.

1995—1997 — Fargʻona tumani „Matlubotsavdo“ aksiyadorlik jamiyati hisobchisi.

1997—1999 — „Fargʻona don mahsulotlari“ OAJ hisobchisi, laboratoriya boshligʻi oʻrinbosari.

1999-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat don inspeksiyasi Fargʻona hududiy boʻlimi yetakchi davlat don inspektori.

2000—2001 — „Fargʻona don mahsulotlari“ OAJ laboratoriya boshligʻi oʻrinbosari.

2002—2007 — „Fargʻona don mahsulotlari“ aksiyadorlik jamiyati laboratoriya laboranti, boshligʻi oʻrinbosariю

2007—2013 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat don inspeksiyasi Fargʻona hududiy boʻlimi bosh davlat don inspektori, yetakchi davlat don inspektori.

2013—2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat don inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari.

2018—2022 — Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani hokimi.

2022—2022 — Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari.

2022—2025 — Sirdaryo viloyati hokimi.

Yuqori