- Vikipediyada ismi Anvar va familiyasi Joʻrayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Anvar Joʻrayev | ||
|---|---|---|
| ||
| Maʼlumot | ||
| Tavallud topgan sanasi va joyi | 1979-yil 31-oktyabr, Uchquduq, Oʻzbekiston | |
| Yo'nalishi | Rok, Alternativ rock | |
| Kasbi | Sahar guruhining vokalisti | |
| Faoliyat yillari | 1999 — hozirgi kungacha | |
| Veb-sahifasi | www.sahar.kz | |
Anvar Joʻrayev (31-oktyabr, 1979, Uchquduqda tugʻilgan), oʻzbek rok qoʻshiqchisidir. Oʻzbek, rus va ingliz tillarida qoʻshiqlar ijro etadi. Sahar guruhi frontmeni (vokalisti).
Ijodi
Anvar Joʻrayev 1999-yilda Sahar guruhini tuzib, shu guruhda ijod qilib kelmoqda. Sahar guruhining „Meni izlama“, „Yomgʻir“ deb nomlanga qoʻshiqlari, oʻz vaqtida xit-paradlarda yuqori oʻrinlarni olgan va hozir ham guruh muxlislarining eng sevimli qoʻshiqlaridan hisoblanadi.
2002-yilda zamonaviy sanʼatga qoʻshgan oʻz hissasi uchun „Nihol“ mukofoti sohibi boʻlgan. 2004-yildan beri Anvar Joʻrayev oʻz guruhi bilan Qozogʻistonda ijod qilmoqda.
Filmografiya
Filmlar
| Yil | Film nomi | Rol |
|---|---|---|
| 2005 | Sarvinoz | Anvar |
Diskografiyasi
- „Orzu“ — 2000
- „Oʻsha sizmi?“ — 2003
- „Albom № 3“ - 2009
- 31-oktyabrda tugʻilganlar
- 1979-yilda tugʻilganlar
- Sanʼatkorlar
- Musiqachilar
- Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar
- Alifbo boʻyicha musiqachilar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
