Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Javlon Abdujalolovich Vahobov – oʻzbek huquqshunosi, diplomat. 2023-yildan Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori. 2017—2023-yillarda Oʻzbekistonning AQSh,

Javlon Vahobov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Javlon va familiyasi Vahobov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Javlon Abdujalolovich Vahobov
Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori
Mansab davri
2023-yil 30-dekabrdan  hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Vladimir Norov
 Oʻzbеkistоnning AQShdagi elchisi
 
Mansab davri
2017-yil 12-oktabrdan  2023-yil 3-martgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Gʻulomov
Vorisi Furqat Siddiqov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1980-yil 7-avgust (1980-08-07) (45 yosh)
Toshkent
Mukofotlari

Javlon Abdujalolovich Vahobov – oʻzbek huquqshunosi, diplomat. 2023-yildan Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori. 2017—2023-yillarda Oʻzbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi elchisi. 2015-2017-yillarda va 2023-yilda tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

Hayoti

1980-yil 7-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. Ingliz va ispan tillarini biladi.

2001-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr bosqichini, 2003-yilda mazkur universitet magistratura bosqichini „xalqaro huquq“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

2001—2006 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi referenti, attashesi, 3-kotibi, boʻlim boshligʻi.

2006—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparati yetakchi konsultanti, bosh konsultanti.

2011—2013 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari.

2013—2013 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori.

2013—2015 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

2015-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

2017—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi.

2018—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Kanadadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2021—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Braziliyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2023—2023 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

2023-yildan – Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori.

Oilasi

Amakisi Abrol Vahobov – Oʻzbekiston Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi.

Oilali, uch nafar farzandi bor. Ukasi – Davron Vahobov, 2022-yildan Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi.

Yuqori