| Tojli begim | |
|---|---|
| Safaviylar imperiyasi malikasi | |
| Safaviylar imperiyasida bosh malika | |
| Sulton begim | 1504–1524 |
| Tugʻilishi | 1485-yil |
| Vafoti | 1540-yil (54—55 yoshda) Sheroz |
| Dafn etilgan joy | Bibi Doʻxtaron maqbarasi |
| Turmush oʻrtogʻi | shoh Ismoil I |
| Uy | Mavsillu qabilasi |
| Otasi | Mehmed bek Mavsillu |
| Dini | Islom |
Tojlixonim (forscha: تاجلو خانم) yoki Tojli Begim (تاجلی بیگم), shuningdek, Shoh-Begixonim (شاه بگی خانم)unvoni bilan ham tanilgan. Mavsillu qabilasidan boʻlgan turkman malikasi va Ismoil I ning turmush oʻrtogʻi.
Oilasi
Italiyalik yozuvchi Angiolello va eronlik tarixchi Manuchehr Parsadust u ona tarafdan Oq qoʻyunlilar davlatining hukmdori Yoqubning (1478-1490) nabirasi ekanligiga ishonishgan, Jon Vuds uning otasi Mehmed beg , Amir Hamza esa ota tarafdan bobosi deb hisoblagan. Uning Beksixon ismli opasi ham bor edi.
Nikohi
Angiolello va Ramusio maʼlumotlariga koʻra, Safaviy shohi Ismoil I (hukmronligi 1501-1524-yillar) 1503-yilda Oqqoʻyunlu hukmdori Murod ibn Yaʼqub ustidan gʻalaba qozonib, Tojluxonimga uylangan, ammo Budaq Monshi Qazviniy kabi Safaviylar davri tarixchilariga koʻra, u Afrasiyobiy hukmdor Kiya Husayn II ning rafiqasi boʻlib, Oqqoʻyunlu konfederatsiyasi tarqatib yuborilishi davrida oʻz hukmronligini gʻarbiy Mozandarondan Fors Iroqining bir qismiga kengaytirgan. Ismoil I oxirgi hududlariga bostirib kirdi va 1504-yilda uningz hukmronligiga chek qoʻydi, keyin Tojlixonimni oʻzining haramiga oldi. Shundan soʻng u Ismoilning eng sevimli xotini boʻlib, Tahmasp Mirzo va Baxrom Mirzo Safaviyni dunyoga keltirdi.
Safaviylar saroyidagi hayoti
Uning Chaldiron jangida qoʻlga olinishi Safaviylar va Usmonli imperiyalari tarixchilari oʻrtasida asosiy tortishuv nuqtasi boʻlgan. Usmonli manbalarida uning jang paytida asirga olingani va hatto Salim I bilan suhbatlashgani yozilsa, Safaviy manbalariga ko‘ra, u yoʻqolib qolgan, ammo Mirzo Shoh Husayn uni topib olgan va shu tufayli Safaviylar saroyida vakillik darajasiga ko‘tarilgan. Rojer Savorining so‘zlariga ko‘ra, asirga olingan va keyinroq yana qayta shoh Ismoil I ga Behruzaxon ismi bilan turmushga chiqqan.
Tojli begim 1519-yilda Fotima al-Maʼsuma ziyoratgohini moliyalashtirgan, 1524-yilda Tahmasp Mirzoning taxtga chiqishiga koʻmaklashgan. Ammo oʻgʻlining xiyonati tufayli 1540-yilda Sherozga surgun qilingan. Bibi Doʻxtaron maqbarasiga dafn qilingan.
Bibi Doʻxtaron maqbarasi uzoqroqdan koʻrinishi
Bibi Doʻxtaron maqbarasi yaqinroqdan koʻrinishi
Adabiyotlar
- Bosworth, C. E. (1984). . Encyclopaedia Iranica, Vol. I, Fasc. 7. London u.a.: Routledge & Kegan Paul. 742–743 b. Archived from the original on 2014-02-20. .
- Savory, Roger (1998). "ESMĀʿĪL I ṢAFAWĪ". Encyclopaedia Iranica, Vol. VIII, Fasc. 6. 628–636 b. http://www.iranicaonline.org/articles/esmail-i-safawi.
- Newman, Andrew J.. Safavid Iran: Rebirth of a Persian Empire. I.B. Tauris, 2008 — 1–281-bet. ISBN 9780857716613.
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- 1540-yilda vafot etganlar
- 1488-yilda tugʻilganlar
- Eronlik turkmanlar
- Turkman
- Safaviylar
- Safaviylar davlati