| Bayonqulixon maqbarasi | |
|---|---|
![]() Bayonqulixon maqbarasi (2020-yil) | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Turi | Maqbara |
| Shahar | Buxoro |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Qurilishi boshlangan | 1358-yil |
![]() Bayonqulixon maqbarasi xaritada | |
Bayonqulixon maqbarasi – Buxoroda qurilgan Oʻrta Osiyo meʼmorchiligining noyob namunasi (XIV asr oʻrtasi). Maqbara 1358-yilda Buxorodagi shayxul olam Sayfiddin Boharziy maqbarasi yaqinida Chigʻatoy ulusi xoni Bayonqulixon qabri ustiga qurilgan. Maqbara binosi moʻjaz va serhasham. Ayniqsa peshtoqi mayda va nafis naqshga, sirkor bezaklarga boy. Ichkarisi gumbazli, sirkor bezakli ziyoratxona va kichik goʻrxonadan iborat. Ular lojuvard, feruza, oq rangli, islimiy va girih naqshli oʻymakor sopol parchinlari bilan ishlangan. Oʻrta Osiyo maqbaralaridagi mana shunday rangdor manzarali bezak uslubi Shohizinda ansambli (Samarqand)da yanada rivoj topgan. Bayonqulixon maqbarasi Amir Temur davri meʼmorligining ilk namunalaridan hisoblanadi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Binolar
- Buxoro meʼmoriy yodgorliklari
- Buxoro



