| Osmondagi bolalar | |
|---|---|
| Rejissyor(lar) | Zulfiqor Musoqov |
| Ssenariy muallif(lar)i | Zulfiqor Musoqov |
| Rollarda | Muzaffar Saʼdullayev Timur Musoqov Kristina Toirova Aziz Sultonov Malika Alimova Jumadulla Rametov Saida Rametova |
| Operator(lar) | Norxoʻja Sodiqov Aziz Orziqulov |
| Montajyor(lar) | R. Muhammadjonov |
| Distribyutor | Oʻzbekfilm |
| Premyera sanasi | |
| Davomiylik | 86 daqiqa. |
| Mamlakat | |
| Til | oʻzbekcha |
| Keyingi film | Osmondagi bolalar 2 |
Osmondagi bolalar — Zulfiqor Musoqov ishlagan komediyali drama film. 2002-yilda suratga olingan drama.
Syujeti
Film toʻrt doʻstlar hayoti, orzu umidlari va qiyinchiliklari haqida. Hamdam, Xurshid, Javohir va Baxtiyor har xil boʻlishsa-da, bolalikdan birga oʻsgan doʻstlardir. Baxtiyorning oilada besh kishi, bobosi, otasi, onasi, ukasi, oiladagi eng yaqin insoni bobosi. Xurshid otasi esa — mashhur rejissor va ayni damda ssenariy va gʻoya yoʻqligi sababli film olmay qoʻygan. Kinematograf ishqibozi Hamdam novvoy boʻlib ishlaydi, oilada toʻrt nafar — onasi, singlisi va ichkilikka ruju qoʻygan otasi bilan 2 xonali kvartirada yashaydi. Javohirning otasi esa — tramvay haydovchisi. Kunlarning birida ularning sinfiga yangi bir oʻquvchi qiz qoʻshiladi — Lola, bosh qahramonlarning hammasi uni sevib qoladi.
Doʻstlar birga ulgʻayishadi, birga ilk bora chekishadi, Baxtiyorning otasiga tegishli Mercedes-Benz W140 avtomobilini ham birga buzib, birga tuzatishadi.
Birinchi muhabbatni ham birga boshdan kechirishadi — ularning ishqi sinfga yangi kelgan Lola ismli qizga tushadi. Bu ularning orasiga nifoq soladi; Hamdam va Javohir hatto bir-birlari bilan olishadilar, biroq Lola ota-onasi bilan Londonga joʻnab ketadi.
- Oʻzbekiston filmlari
- Oʻzbek tilidagi filmlar
- Zulfiqor Musoqov filmlari
- Filmlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekiston kinokomediyalari
- 2002-yil kinokomediyalari