Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Air France (fransuzcha talaffuzi: ​[ɛːʁ fʁɑ̃s], yuridik nomi Société Air France, S. A.) – Fransiyaning flagman aviakompaniyasi. Bosh ofisi Tremblay-en-France ko

Air France

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Société Air France, S.A.
IATA ICAO Identifikatori
AF AFR AIRFRANS
Tashkil topgan 8-fevral, 1919-yil (107 yil avval) (1919-02-08)
(Société Générale des Transports Aériens sifatida)
Boshlangan amaliyotlari 30-avgust, 1933-yil (92 yil avval) (1933-08-30)
(Air France sifatida)
Havo tuguni Paris–Sharl de Goll
Fokus shaharlari
  • Lion
  • Marsel
  • Nitsa
  • Nant
  • Parij–Orli
  • Tuluza
Tez uchish dasturlari Flying Blue
Alyansi SkyTeam
Shoʻba korxonalari
  • Air France Hop
  • Servair (50.01%)
  • Transavia France (95.5%)
Park hududi 226
Parvoz yoʻnalishlari 184
Egasi Air France-KLM
Bosh qarorgohi Roissypôle, CDG aeroporti, Tremblay-en-France, Fransiya
Muhim shaxslar
  • Benjamin Smith (Air France-KLM CEO)
  • Anne Rigail (Air France CEO)
Yillik daromadi €16.3 milliard (2022)
Operativ foyda €483 million (2022)
Xodimlar soni 38 000
Sayti airfrance.com

Air France (fransuzcha talaffuzi: [ɛːʁ fʁɑ̃s], yuridik nomi Société Air France, S. A.) – Fransiyaning flagman aviakompaniyasi. Bosh ofisi Tremblay-en-France kommunasida joylashgan. Air France-KLM aviaholdingining shoʻba korxonasi va SkyTeam aviakompaniyalar alyansining asoschilaridan biri hisoblanadi. 2013-yil holatiga koʻra, Air France mamlakat ichida 29 yoʻnalishda, jahon boʻylab esa 78 mamlakatdagi (Fransiyaning dengizorti hududlari va departamentlari bilan 93 davlat) 201 yoʻnalishda muntazam yoʻlovchi va yuk reyslarini amalga oshiradi. 2019-yil 46 803 000 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan. Aviakompaniyaning global habi Sharl de Goll aeroportida, mahalliy habi esa Orli aeroportida joylashgan. Korporativ bosh qarorgohi ilgari Parijning Montparnasse hududida joylashgan edi, hozirda esa Parij shimolidagi Sharl de Goll aeroporti hududida, Roissypôle majmuasida joylashgan.

Air France 1933-yil 30-avgustda Air Orient, Air Union, Compagnie Générale Aéropostale, Compagnie Internationale de Navigation Aérienne (CIDNA) va Société Générale de Transport Aérien (SGTA) kompaniyalari birlashuvi natijasida tashkil topgan. Sovuq urush davrida, 1950—1990-yillarda Germaniyadan muntazam parvozlar amalga oshiruvchi uchta asosiy aviakompaniyalardan biri boʻlgan va parvozlarni Gʻarbiy Berlinning Tempelhof va Tegel aeroportlaridan amalga oshirgan. 1990-yil Fransiyaning mahalliy aviatashuvchisi Air Inter va xalqaro bozordagi raqibi UTA – Union de Transports Aériensning reyslarini oʻziga qoʻshib oldi. 2003-yilda Niderlandiyaning KLM aviakompaniyasi bilan birlashgunga qadar yetmish yil davomida Fransiyaning asosiy milliy flagman aviakompaniyasi vazifasini bajargan.

2018-yil Air France va uning mintaqaviy shoʻbasi Hop 51,4 million yoʻlovchi tashidi. Air France uzoq masofali yoʻnalishlarga keng fyuzelajli Airbus va Boeing reaktiv samolyotlaridan iborat aralash aviaparkdan, qisqa masofalarga esa A320 oilasiga kiruvchi qisqa fyuzelajli samolyotlar parkidan foydalanadi. 2009-yil 20-noyabrda Parij—Nyu-York reysi bilan Airbus A380 samolyotidan foydalanishni boshladi. Air France Hop (ilgari HOP! Deb yuritilgan) mahalliy va Yevropa yoʻnalishidagi muntazam reyslarida, asosan, mintaqaviy samolyotlar parkidan foydalanadi.

Hamkor aviakompaniyalari

  • Air Astana
  • Air Mauritius
  • Air Seychelles
  • Air Tahiti Nui
  • Armavia
  • Austrian Airlines
  • AZAL
  • British Airways
  • Bulgaria Air
  • CCM Airlines
  • Cityjet
  • Croatia Airlines
  • Finnair (Oneworld)
  • Japan Airlines
  • Luxair
  • Maersk Air
  • Middle East Airlines
  • Portugália
  • Qantas
  • Rossiya
  • Royal Air Maroc
  • Styrian Spirit
  • SWISS
  • TACA
  • TAM
  • Tunisair
  • Aeroflot

SkyTeam alyansi hamkorlari:

  • Aeroflot
  • Aeroméxico
  • Air Europa
  • Alitalia
  • China Eastern Airlines
  • China Southern Airlines
  • CSA Czech Airlines
  • Delta Air Lines
  • Garuda Indonesia
  • Kenya Airways
  • KLM
  • Korean Air
  • Saudi Arabian Airlines
  • TAROM
  • Vietnam Airlines

Aviaparki

Yoʻlovchi aviaparki

Boeing 747-200
Boeing 777-200ER

2021-yil iyul oyi holatiga koʻra, Air France aviaparkining oʻrtacha yoshi 14,7 yil boʻlgan 214 ta samolyotdan iborat:

Tasvir Samolyot rusumi Miqdori Buyurtma qilingan Sigʻim
Airbus A220-300 25 35 149
Airbus A318 9 0 131
Airbus A319 15 0 142
Airbus A320-200 39 0 172
Airbus A321-100/200 4/14 (18) 0 206
Airbus A330-200 15 0 219 (40/179)
Airbus A350-900 20 21 324 (34/24/266)
Boeing 777-200ER 18 0 264 (4/49/211)
Boeing 777-300ER 43 0 310 (8/67/235)

325 (8/67/250) 472 (14/36/422)

Boeing 787-9 10
Jami: 212 56

Yuk aviaparki

Tasvir Samolyot rusumi Miqdori
Boeing 777-200F 2
Air France aviakompaniyasining Boeing 707 rusumli samolyoti (1977-yil).

Avval foydalanilgan samolyotlar

  • Aerospatiale-BAC Concorde
  • Airbus A340
  • Airbus A380
  • Bleriot 5190
  • Bloch 220
  • Boeing-707
  • Boeing-727
  • Boeing 747
  • Breguet 763
  • Convair 990
  • de Havilland Comet
  • Dewoitine 338
  • Douglas DC-3
  • Douglas DC-4
  • Farman 2200
  • Lockheed Constellation
  • Sud Aviation Caravelle
  • Sud-Est SE-161 Languedoc
  • Vickers Viscount
  • Wibault 282

Adabiyotlar

  • Rocher, Alexis (October 2023). "Les 90 ans d'Air France: Première partie 1933–1939" (fr). Le Fana de l'Aviation (647): 48–59. ISSN 0757-4169. 
Yuqori