| ||
| tuman | ||
|---|---|---|
| Tarkibida | Almati viloyati | |
| Maʼmuriy markazi | Uchtepa | |
| Asos solingan sanasi | 1928-yil | |
| Aholi (2013) | 47,954 | |
| Zichligi | 2 kishi./km² | |
| Millatlar tarkibi | qozoqlar (59,97 %) olmonlar (0,80 %) | |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar, Xristianlar | |
| Maydoni | 24,200 km² (3-oʻrin) | |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
| Telefon kodi | +7 72834 | |
| Pochta indeksi | 041000-041013 | |
| Avtomobil raqami kodi | B, 05 | |
| Rasmiy sayti | http://www.aksuakimat.kz/ | |
| Xaritada | ||
![]() | ||
| 45°14′40.92″N 77°58′44.40″E / 45.2447000°N 77.9790000°E | ||
Qaratal tumani (qozoqcha: Қаратал ауданы) — Almati viloyatining shimoliy qismida joylashgan. Yer maydoni 24,2 ming km2 (viloyatning 10,8 % tashkil qiladi). 1928-yil tashkil topgan. Aholisi 47,954 kishi (2013). Tuman markazi — Uchtepa shahri.
Aholisi
Tuman aholisi 47,954 kishi (2013). Aholisining 48,3 %-i shaharda, 51,7 %-i qishloqlarda istiqomat qilishadi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 2 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, milliy tarkibini quyidan koʻrishingizga boʻladi:
- qozoqlar — 29 183 kishi (59,97 %)
- ruslar — 10 943 kishi (22,49 %)
- turklar — 12 175 kishi (5,55 %)
- koreyslar — 3 947 kishi (8,11 %)
- kurdlar — 1 880 kishi (3,88 %)
- chechenlar — 719 kishi (1,48 %)
- uygʻurlar — 471 kishi (0,97 %)
- olmonlar — 388 kishi (0,80 %)
- tatarlar — 319 kishi (0,66 %)
- ukrainlar — 196 kishi (0,40 %)
- boshqalari — 611 kishi (1,26 %)
- Jami — 48 663 kishi (100,00 %)
Ijtimoiy soha
Tumanda 125 kishiga moʻljallangan kasalxona, shifoxona, qishloq markazlarida shifokorlik ambulatoriyalar (5) va feldsher-akusherlik punklar (17) aholiga xizmat koʻrsatadi. Taʼlim sohasida 20 oʻrta maktab, 2 maktab-gimnaziya, bolalar va yoshoʻspirinlarning sport maktabi, kasbiy-texnik va harbiy-texnik maktablar faoliyat yuritadi. Bulardan boʻlak Uchtepa bolalar uyi va bolalar bogʻchasi bor. Tumanda markaziy va 2 vedomstvo kutubxona, tuman madaniyat uyi, vedomstvo 5 madaniyat uyi va 6 klub faoliyat yuritadi.
Geografiyasi
Tuman iqlimi keskin kontinental. Qish oyi janubi-sharqida ancha iliq, shimoliy qismida sovuq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −10-14 °C. Yoz oylarida issiq va quruq boʻladi. Iyul oyining oʻrtacha harorati 22-24 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200–400 mm.
Katta qishloqalri
- Uchtepa shahri (22,5 ming kishi)
- Bastoʻbe (2,9)
- Koʻlpe (1,8)
- Janatalap (1,5)
- Oktabr (1,4)
- Yeskeldі (1,3)
- Yeltay (1,1)
- Almati viloyati
- Qozogʻiston tumanlari
- Qaratal tumani
