Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sheri kishvar - Turk xoqonligi shahzodalaridan El Arslon ismining forsiycha varianti. U xoqonlikning mashhur hukmdorlaridan Qorachurin (Tardu; 576—603) xoqonnin

Sheri Kishvar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)

Sheri kishvar - Turk xoqonligi shahzodalaridan El Arslon ismining forsiycha varianti. U xoqonlikning mashhur hukmdorlaridan Qorachurin (Tardu; 576—603) xoqonning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib, Turk xoqonligining asoschilaridan biri Istami yabgʻuning (552—576) nevarasi boʻlgan. Narshaxiyning "Tarixi Buxoro" asarida yozilishicha, Abru qoʻzgʻolonini bostirgan va Buxoro vohasida 20 yil hukmronlik qilgan. Vohada bir qancha qishloqlar barpo etgan. Bir qator tadqiqotchilar fikricha, Sh. K. Buxoro vohasida VII—VIII asrlarda hukm surgan turkiy sulolaning asoschisidir.

673 yil arablar istilosi paytida Buxoro vohasiga Bidun buxorduxot hukmdor boʻlgan. Tadqiqotchilar fikricha, Bidunning nasli Sh. K.ga borib taqalgan (Sh. Odilov).

Adabiyot

  • Abu Bakr an-Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.



Yuqori