Bachadondan tashqari homiladorlik (Ectopic homiladorlik) – urugʻlangan tuxum hujayraning bachadondan tashqarida taraqqiy etishi. Urugʻlangan tuxum hujayraning payvandlangan joyiga qarab, homila bachadon nayining oʻzida (Bachadondan tashqari homiladorlikning shu xili eng koʻp uchraydi), tuxumdon yoki qorin boʻshligʻida, shuningdek bachadonning rudimentar shoxida rivojlanishi mumkin. Bachadon naylarining (fallopiy nayi) Ampulla qismida eng ko'p uchraydi va homila yorilishi Isthmus qismida ko'p sodir bo'ladi. Bachadon naylarida yalligʻlanishga xos oʻzgarishlar (chandiq va boshqalar) boʻlishi oqibatida ular oʻzining asosiy funkiiyasi, yaʼni urugʻlangan tuxum hujayrani bachadon boʻshligʻiga oʻtkazish qobiliyatini yoʻqotadi (qarang Homshshdorlik), natijada urugʻlangan tuxum hujayra shu joyning oʻzida taraqqiy etadi. Koʻpincha ayollar jinsiy aʼzolari kasalliklari (polip, oʻsma va boshqalar), infantilizm (jinsiy aʼzolarning yetilmay qolishi), bot-bot bola oldirish, bolani uzoq vaqt emizish va boshqa sabab boʻladi. Kasallikning kechishi va belgilari uning xili, bos-qichi hamda homiladorlikning muddatiga bogʻliq. Bachadondan tashqari homiladorlikning hamma xilida ham qindan qonli chiqindi ajraladi, baʼzan qon ketishi, qorin pastida ogʻriq, boʻshashish, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, rang oʻchishi kuzatiladi. Bachadondan tashqari homiladorlik bachadon nayida boʻlsa, homiladorlikning 4 – 6 haftasida nay yoriladi, bunda qorin pastila chidab boʻlmaydigan ogʻriq boʻlib, hatto hushdan ketish mumkin. Agar o'ng bachadon nayida sodir bo'lsa, bu belgilar Appenditsit bilan o'xshash bo'ladi. Koʻp qon ketishi tufayli qon bosimi pasayadi, tomir tez, lekin bilinar-bilin-mas u radi. Ogʻirroqhollarda shok roʻy berishi mumkin. Bachadondan tashqari homiladorlik h.ga gumon qilinganda ayol darhol kasalxonaga yotqiziladi va jarroxlik usuli bilan davolanadi. Operatsiyadan keyin maʼlum muddatgacha yalligʻlanish kasalliklarini oʻz vaqtida da-volatish, vaqt-vaqti bilan muntazam tibbiy (asosan akusherginekolog) koʻrikdan oʻtib turish Bachadondan tashqari homiladorlik h.ning oldini olishda juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar
Skyorovya I. S.Shevchenko T. K., Aktualnoʻe problemoʻ akusherskoy patologii, T., 1990.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |