Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Feng Renliang (1988-yil 12-mayda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozir Xitoyning birinchi ligasi vakili Beijing Renhe jamoasida oʻynaydi.

Feng Renliang

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Feng Renliang
冯仁亮
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Feng Renliang
Tavallud sanasi 1988-yil 12-may (1988-05-12) (38 yosh)
Tavallud joyi Tianjin, Xitoy
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10.1 in)
Ampluasi Right winger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Beijing Renhe
Raqami 30
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2008 Tianjin Huochetou
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2010 Tianjin Huochetou 17 (7)
2010—2012 Shanghai Shenhua 78 (10)
2013—2015 Guangzhou Evergrande 12 (1)
2014 → Changchun Yatai (Ijara) 8 (0)
2015 → Guizhou Renhe (Ijara) 25 (6)
2016- Beijing Renhe 34 (4)
Milliy terma jamoa
2010—2012 China 16 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr 2019-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (31-oktabr 2015-yil uchun)

Feng Renliang (1988-yil 12-mayda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozir Xitoyning birinchi ligasi vakili Beijing Renhe jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Feng Renliang oʻz futbolchilik faoliyatini 2008-yilda uchinchi toifadagi „Tyanjin Huochetou“ jamoasida oʻynashdan boshlagan. U 2010-yilgi liga mavsumi boshida jamoadoshi Song Boxuan bilan yuqori divizion vakili „Shanhai Shenhua“ga qoʻshilishdan oldin bir nechta Xitoy klublari tomonidan qiziqish bildirilgan. Feng darhol oʻsha paytdagi murabbiy Miroslav Blaževich tomonidan jamoaning birinchi oʻng qanot himoyachisi sifatida tanlangan va u 2010-yil 23-martda Changsha Gindega qarshi liga oʻyinida 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan. Ushbu magʻlubiyatga qaramay, u jamoadagi oʻz oʻrnini saqlab qolgan va bir necha hafta oʻtgach, 2010-yil 10-aprelda „Hanzhou Grintaun“ga qarshi oʻyinda (2:1) klub uchun birinchi golini kiritgan.

2012-yilning 20-noyabrida Xitoy Superligasi vakili Guangzhou Evergrand rasman Feng bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. U klubdagi debyutini 2013-yilning 8-martida „Shanhai Shenxin“ga qarshi oʻyinda (5:1) oʻtkazgan. U klubdagi ilk golini 2014-yil 8-mart kuni Henan Jianyega qarshi oʻyinda (3:0) kiritgan. 2014-yil 16-iyun kuni Feng 2014-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida Changchun Yatai jamoasiga qoʻshilgan. U klubdagi debyutini 2014-yilning 20-iyulida „Hanzhou Grintaun“ga qarshi oʻyinda (3:2) oʻtkazganaa. 2015-yilning 28-fevralida Feng 2015-yilgi mavsum uchun Guizhou Renhega ijaraga berilgan. U klubdagi debyutini 2015-yilning 7-martida Liaoning Whowinga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan.

2015-yilning noyabrida Feng Xitoyning Birinchi Liga jamoasi Beijing Renhega oʻtgan.

Xalqaro faoliyati

Feng Xitoy terma jamoasiga chaqirilgan va 2010-yilning 11-avgustida Bahraynga qarshi oʻyinda (1:1) debyut qilgan. Feng 2011-yilgi Osiyo Kubogi uchun dastlabki tarkibga chaqirilgan va unga jamoadan joy kafolatlanmagan boʻlsa-da, u Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi uchun saralash bosqichida oʻynashi kutilgan. 2010-yil 24-dekabrda Xitoy futbol assotsiatsiyasi Tianjin Lokomotiv va Shanhai Shenhua klublarini bu haqda bilganliklari uchun jarimaga tortgan va Fengni uchta oʻyinga chetlashtirgan, bu esa 2011-yilgi Osiyo Kubogidan chetlatilishini anglatgan. Feng terma jamoadagi ilk golini 2012-yilning 8-iyunida Vetnamga qarshi oʻyinda (3:0) kiritgan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Tianjin Huochetou 2008 Xitoy Ikkinchi Ligasi 17 7 - - - 17 7
2009 0 0 - - - 0 0
Jami 17 7 0 0 0 0 0 0 17 7
Shanghai Shenhua 2010 Xitoy Super Ligasi 29 5 - - - 29 5
2011 24 1 2 0 6 0 - 32 1
2012 23 4 1 0 - - 24 3
Jami 76 10 3 0 6 0 0 0 85 10
Guangzhou Evergrande 2013 Xitoy Super Ligasi 10 0 0 0 1 0 1 0 12 0
2014 2 1 0 0 1 0 0 0 3 1
Jami 12 1 0 0 2 0 1 0 15 1
Changchun Yatai (Ijara) 2014 Xitoy Super Ligasi 8 0 0 0 - - 8 0
Guizhou Renhe (Ijara) 2015 25 6 1 1 - - 26 7
Beijing Renhe 2016 Xitoy Birinchi Ligasi 20 4 2 0 - - 22 4
2017 6 0 1 0 - - 7 0
2018 Xitoy Super Ligasi 0 0 0 0 - - 0 0
2019 8 0 1 0 - - 9 0
Jami 34 4 4 0 0 0 0 0 38 4
Karyerada jami 172 28 8 1 8 0 1 0 189 29

Xalqaro maydondagi gollar

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 8.06.2012 Wuhan, Xitoy  Vyetnam 2 — 0 3-0 Oʻrtoqlik

Yutuqlar

Klub

Guanzhou Evergrand

  • Xitoy Superligasi : 2013-yil
  • Osiyo Chempionlar Ligasi : 2013-yil
Yuqori