- Vikipediyada ismi Qahramon va familiyasi Madumarov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Қаҳрамон Абдураҳмонович Мадумаров | |
|---|---|
| рус. Мадумаров Кахрамон Абдурахманович | |
| Tavalludi | 03.03.1954 |
| Fuqaroligi | |
| Turmush oʻrtogʻi | Xanifa (5-iyul 1958 yil). |
| Bolalari | Oʻtkir (16 mart 1979 yil), Erkin (10 mart 1984 yil)-stomatolog. |
| Otasi | Abdurahmon Madumarov (1929-2008) — taniqli tadbirkor, ishbilarmon, Oʻsh shahridagi maishiy xizmat korxonasi teri-jun sexining mudiri boʻlib ishlagan |
| Onasi | Minavar hoji Toʻychiboyeva (1936-2003). |
Qahramon Madumarov 1954 — Qirgʻiziston jamoat arbobi, taniqli tadbirkor, ishbilarmon, arab tili yetakchi tarjimoni.
Hayot yoʻli
Qahramon Abdurahmonovich Madumarov 3 mart 1954 yili Oʻsh shahrida xizmatchilar oilasida tugʻilgan, millati oʻzbek. Otasi Abdurahmon Madumarov (1929-2008) — taniqli tadbirkor, ishbilarmon, Oʻsh shahridagi maishiy xizmat korxonasi teri-jun sexining mudiri boʻlib ishlagan.
1977 yili Qahramon Madumarov Toshkent sharqshunoslik oliygoxini arab tili kasbi boʻyicha imtiyozli tamomlab, SSSRning Suriya, Yaman, Iordaniya Arab davlatlaridagi elchixonalarida, savdo vakolatxonalarida tarjimon, Oʻsh qirgʻiz-oʻzbek dorilfununida arab markazi rahbari, arab tili oʻqituvchisi, bosh oshpaz boʻlib ishlagan. Quronni yoddan biladi. Hozirda tadbirkor boʻlib ishlaydi. Oilali, ikkita oʻgʻli bor. Ukasi Botirjon Madumarov Toshkent davlat dorilfununi jurnalistika kulliyotini tamomlagan, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston roʻznomalarida koʻplab maqolalari chiqqan. Ismat Xushevning „Oqlanmagan ishonch qissasi“ 1 kitob 12 bobida Sholoxov vatanida asarida oʻzining kursdoshi Botirjon Madumarov haqida yozgan.
Koʻplab faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan, 1985 yili ishdagi yuksak yutuqlari uchun SSSR Hukumati unga GAZ-2410 avtomobilini sovgʻa qilgan.
- Shaxsiyatlar
- Oʻzbeklar
- Ishbilarmonlar
- Tadbirkorlar
- 3-martda tugʻilganlar
- 1954-yilda tugʻilganlar
- Qirgʻizistonlik oʻzbeklar
- Qirgʻiziston kishilari
- Qirgʻiziston shaxsiyatlari
- Qirgʻiziston tarixi
- Oʻsh shahrida tugʻilganlar