Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Dong Xuesheng (1989-yil 22-mayda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozir Xitoy Superligasining "Wuhan Zall" jamoasida oʻynaydi.

Dong Xuesheng

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dong Xuesheng
董学升
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dong Xuesheng
Tavallud sanasi 1989-yil 22-may (1989-05-22) (37 yosh)
Tavallud joyi Dalian, Liaoning, Xitoy
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shaanxi Chang'an Athletic F.C.
Raqami 31
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006 Shanghai United
2007—2008 Shanghai Shenhua
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2011 Shanghai Shenhua 26 (2)
2011 → Shenzhen Ruby (Ijara) 16 (5)
2012—2013 Dalian Aerbin 35 (4)
2014—2015 Guangzhou Evergrande 16 (5)
2016—2020 Hebei China Fortune 102 (35)
2020 → Wuhan Zall (Ijara) 5 (0)
2021—2022 Wuhan Zall 0 (0)
2022- Shaanxi Chang'an Athletic F.C. 0 (0)
Milliy terma jamoa
2011—2012 Xitoy U-23
2014- Xitoy 8 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2-may 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (18-dekabr 2019-yil uchun)

Dong Xuesheng (1989-yil 22-mayda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozir Xitoy Superligasining "Wuhan Zall" jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Dong Xuesheng 2009-yilgi liga mavsumida Shanhai Shenhua yoshlar akademiyasidan koʻtarila boshlagan va 2009-yilning 7-aprelida Osiyo Chempionlar Ligasi oʻyinida Suwon Samsung Bluewingsga qarshi oʻyinda (2:1) Mao Jianqing oʻrniga maydonga tushib debyut qilgan. U 2009-yil 17-aprel kuni Shenzhen Asia Travelga qarshi 4:1 hisobida gʻalaba qozongan holda ligadagi debyutini oʻtkazgan. Mavsumning qolgan qismida u asosiy tarkibda zaxira oʻyinchisi sifatida foydalanilgan va natijada oʻzining birinchi golini 2009-yilning 31-oktyabrida ligada Changsha Gindega qarshi oʻyinda kiritgan.

2011-yilgi liga mavsumida bosh murabbiy oʻzgargach, Dong koʻp vaqtini zaxirada oʻtkazgan va mavsumning qolgan qismida Shenzhen Rubyga ijaraga berilgan. 2011-yil 10-iyul kuni Shenzhenda debyut qilgan. U faoliyatidagi ilk xet-trikini 2011-yilning 21-avgustida Dalian Shidega qarshi oʻyinda (4:2) amalga oshirgan. U Shenzhen uchun 16 oʻyinda 5 ta gol urgan, ammo klub ligada oxirgi oʻrinni egallashi oqibatida ikkinchi ligaga tushib ketgan.

2014-yil fevral oyida Dong Xitoy Superligasi vakili Guangzhou R&F bilan shartnoma imzolashi mumkin edi. Biroq, 2014-yilning 28-fevralida, 2014-yil qishki transfer oynasining soʻnggi kunida u kutilmaganda shaharlararo raqib Guanzhou Evergrandga oʻtgan. 2014-yilning 8-martida u Henan Jianyega qarshi oʻyinda (3:0) debyutidayoq klub uchun birinchi golini kiritgan. Dong 2014-yilgi mavsum boshida Guanzhou uchun toʻqqizta oʻyinda beshta gol urgan. Biroq 2014-yil 3-may kuni „Shanhai Shenhin“ga qarshi liga oʻyinida jiddiy jarohat olib, bir oyga safdan chiqgan. U 2014-yilning iyul oyida maydonga qaytganidan keyin yana asosiy jamoada oʻzini namoyon qila olmagan.

2016-yilning 25-fevralida Dong Xitoy Superligasining yangi aʼzosi „Hebey China Fortune“ga oʻtgan. 2016-yil 4-mart kuni u Hebey terma jamoasi safida Guanzhou R&Fga qarshi safarda 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. U Hebey uchun birinchi golini Hebey derbisida Shijiazhuang Ever Brightga qarshi oʻyinda kiritgan. Dong klubdagi dastlabki toʻqqizta oʻyinida ettita gol urgan.

Xalqaro faoliyati

Dong 2011-yilda Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan va u yerda sobiq murabbiyi Miroslav Blajevich bilan birlashgan. U 2011-yilning 6-iyunida Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyinda (0:0) debyut qilgan. Oʻshanda u 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari saralash bosqichida qatnashgan va Xitoy Ummonga umumiy 4:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan.

Dong Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2014-yilning 18-iyunida Makedoniyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan va Gao Lin oʻrniga maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Shanghai Shenhua 2009 Xitoy Super Ligasi 7 1 - 4 0 - 11 1
2010 18 1 - - - 18 1
2011 1 0 0 0 1 0 - 2 0
Jami 26 2 0 0 5 0 0 0 31 2
Shenzhen Ruby (Ijara) 2011 Xitoy Super Ligasi 16 5 0 0 - - 16 5
Dalian Aerbin 2012 17 2 1 0 - - 18 2
2013 18 2 5 1 - - 23 3
Jami 35 4 6 1 0 0 0 0 41 5
Guangzhou Evergrande 2014 Xitoy Super ligasi 9 5 2 0 1 0 0 0 12 5
2015 7 0 1 0 1 0 0 0 9 0
Total 16 5 3 0 2 0 0 0 21 5
Hebei China Fortune 2016 Xitoy Super Ligasi 26 9 1 0 - - 27 9
2017 19 2 2 1 - - 21 3
2018 21 12 0 0 - - 21 12
2019 29 10 1 0 - - 30 10
2020 7 2 0 0 - - 7 2
Jami 102 35 4 1 0 0 0 0 106 36
Wuhan Zall (Ijara) 2020 Xitoy Super Ligasi 9 0 3 1 - 1 0 13 1
Karyerada jami 204 51 16 3 7 0 1 0 228 54

Xalqaro

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyinlar Gollar
2014 3 0
2015 0 0
2016 0 0
2017 0 0
2018 0 0
2019 5 1
Jami 8 1
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 10.12.2019 Busan Gudeok stadioni, Pusan, Janubiy Koreya  Yaponiya 1 — 2 1-2 2019-yilgi EAFF E-1 futbol chempionati

Yutuqlar

Klub

Guangzhou Evergrand
  • Xitoy Superligasi : 2014, 2015
Yuqori