Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Fazliy Namangoniy (taxallusi; asl ismi Abdulkarim, XVII asr 2-yarmi — XIX asr 1-yarmi, Namangan) — shoir, adabiyotshunos.

Fazliy Namangoniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)

Fazliy Namangoniy (taxallusi; asl ismi Abdulkarim, XVII asr 2-yarmi — XIX asr 1-yarmi, Namangan) — shoir, adabiyotshunos.

XIX asr boshlarida Turaqurgʻon va Namanganda turli mansablarda ishlagan. Umarxon hukmronligi yillari (1810—1822-yil) Qoʻqonga kelgan. Sheʼriy isteʼdodi tufayli xonning marhamatiga sazovor boʻlib, tez orada saroy shoirlarining boshligʻi — "malik ushshuaro" nomini olgan. Umarxonning hayoti, faoliyati, harbiy yurishlari, hukmronligi davridagi voqealarni "Umarnoma" dostonida tasvirlagan. Xon topshirigʻiga koʻra, Fazliy "Majmuai shoiron" ("Shoirlar majmuasi", 1821) tazkirasini tuzgan. Oʻzbek adabiyotshunosligi tarixida ilk marta sheʼriy yoʻl bilan yaratilgan mazkur tazkirada XIX asr boshlari Qoʻqon adabiy muhitining 100 dan ortiq vakillari haqidagi qimmatli maʼlumotlar va asarlaridan namunalar mavjud. Shu jumladan, unda Fazliyning kasida va gʻazallari, shoira Mahzuna bilan mushoirasi ham bor. F.ning "Devon" tuzgani maʼlum, ammo u topilmagan. Uning oʻzbek va tojik tillarida yozilgan gazal, masnaviy, muxammas, ruboiy va tuyuqlari turli majmua va bayozlarda uchraydi.

Fazliyning "Majmuai shoiron" tazkirasi XIX asr va XX asr boshlarida qoʻlyozma va toshbosma nusxalarda keng tarqalgan, asar adabiyot axli orasida katta shuhrat topgan. Uning mukammal qoʻlyozma nusxalari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik intida saqlanadi (inv. № 7510, 9914 va boshqalar). Fazliy Umarxon vafotidan soʻng (1822), Namanganga ketgan va oʻsha yerda vafot etgan.U oʻzbek adabiyoti tarixida ilk mutassa' janrini yaratgan shoir hisoblanadi.

Yuqori