Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Shamsuddin kulol yoki Shamsiddin Kulol (tax. 1305-yil, Kesh — vafoti 1370-yil, 28-noyabr Kesh) – shayx. Sharafiddin Ali Yazdiy „Zafarnoma“ asarida bergan maʼlum

Shamsuddin kulol

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shamsuddin kulol
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi taxminan 1305-yil
Vafoti 1370-yil, 28-noyabr
Kesh
Dini Islom

Shamsuddin kulol yoki Shamsiddin Kulol (tax. 1305-yil, Kesh — vafoti 1370-yil, 28-noyabr Kesh) – shayx. Sharafiddin Ali Yazdiy „Zafarnoma“ asarida bergan maʼlumotiga koʻra, Amir Taragʻoyning piri.

„U qadrli shayx Shamsuddin Kulolga sidqidildan ixlos qilardi va uning muborak qabriga (ziyorat uchun) tez-tez borib turardi“, deb yozadi Ali Yazdiy.

Shamsuddin kulol tasavvufda suhravardiylik tariqatiga mansub boʻlgan. Ayni paytda u xojagon tariqatiga ham hurmat bilan qaragan. Amir Temurning ham unga nisbatan ixlosi juda kuchli boʻlgan, saltanatni boshqargan chogʻlarida ham Shamsuddin kulol qabrini ziyorat qilib turgan. 1373–1374-yillarda Amir Temur Shamsuddin kulol qabri yonida bir gumbaz-maqbara qurdiradi va otasining xokini oʻsha yerga koʻchirtirib, Shamsuddin kulol qabrining qibla (gʻarb) tomoniga dafn etadi.

Yana qarang

  • Shamsuddin Kulol maqbarasi
Yuqori