Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Chalov (Stipa) — gʻalladoshlarga mansub koʻp yillik, baʼzan bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. Moʻʼtadil va subtropik mintaqalarda, qisman tropik togʻlard

Bo‘z (oʻsimlik)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Chalov
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Chalov (Stipa) — gʻalladoshlarga mansub koʻp yillik, baʼzan bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. Moʻʼtadil va subtropik mintaqalarda, qisman tropik togʻlarda 300 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekiston togʻlarida va togʻ yonbagʻirlarida 13 turi, jumladan, tukli Chalov (S. capillata), kavkaz Chalov (S. caucasia Schmalh.), sovich Chalov(S. szovitsiana Trin. ex Hohena.) va boshqa uchraydi. Koʻpchilik turlari choʻl, dasht, preriyalar oʻt oʻsimliklar qoplamining asosiy kismini tashkil etadi. Shagʻalli va toshloq yerlarda ham oʻsadi. Barglari kambar, uzun, chiziqsimon, qiltiqli. Boshoqlari bir gulli. Hamma turining xashagi sifati oʻrtacha. Chorva mollari ularni bahorda (maysa holatida) xush koʻrib eydi. Baʼzi turlari qogʻoz sanoati uchun xomashyo.




Yuqori