Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Aspire Zone (Doha Sport Shahri nomi bilan ham tanilgan) – Qatarning Al Rayyan shahridagi Baaya tumanida joylashgan 250 gektarlik (2,5 km²) sport majmuasidir. As

Aspire Zone

2006-yilgi Osiyo oʻyinlarining ochilish marosimi paytida majmua haqida umumiy koʻrinish
Aspir zonasidagi ayollar klubi
Aspetarning yuqoridan koʻrinishi

Aspire Zone (Doha Sport Shahri nomi bilan ham tanilgan) – Qatarning Al Rayyan shahridagi Baaya tumanida joylashgan 250 gektarlik (2,5 km²) sport majmuasidir. Aspire Zone Foundation tomonidan boshqariladigan bu majmua 2003-yilda xalqaro sport maskani sifatida tashkil etilib, keyingi yili sport chempionlarini tayyorlash uchun taʼlim markazi (Aspire akademiyasi) ish boshlagan. Majmuada bir nechta sport inshootlari mavjud boʻlib, ularning aksariyati 2006-yilgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida barpo etilgan.

Bundan tashqari, Qatarning ilgari eng baland inshooti hisoblangan Aspire Tower Aspire Zoneda qurilgan, mamlakatdagi eng mashhur savdo markazi – Villaggio Mall bilan yonma-yon joylashgan.

Ushbu majmua Qatar futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun taqdim etilgan arizaning muhim qismi hisoblangan va Qatar Olimpiya qo‘mitasi tomonidan 2016-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish uchun Doha nomzodida markaziy oʻrin egallagan.

2024-yilda Aspire Zone Foundation xalqaro futbol musobaqasi – Tenglik kubogini (Equality Cup) taʼsis etdi.

Sport inshootlari

Aspire Zone sport inshootlariga quyidagilar kiradi:

  • Xalifa xalqaro stadioni – asosan futbol oʻyinlari uchun moʻljallangan 50 000 tomoshabin sigʻimiga ega stadion.
  • Hamad akvatoriya markazi – Olimpiya oʻlchamidagi suzish havzasi.
  • Aspire gumbazi – dunyodagi eng katta koʻp maqsadli yopiq sport majmuasi boʻlib, unda 13 ta turli xil oʻyin maydoni mavjud.

Aspire akademiyasi

Yoshlar uchun sport akademiyasi boʻlgan Aspire akademiyasi Aspire hududining markazida joylashgan.

Aspetar

Aspetar – Aspire Zone tarkibidagi ixtisoslashtirilgan ortopediya va sport tibbiyoti shifoxonasi hisoblanadi. 2007-yilda oʻz faoliyatini boshlagan bu muassasa Yaqin Sharq mintaqasidagi birinchi sport tibbiyoti shifoxonasi boʻlgan. 2009-yilda u FIFA tomonidan Tibbiy Mukammallik Markazi sifatida eʼtirof etilgan. Shifoxona Aspetar Sport Tibbiyoti Jurnali nomli ilmiy nashrni chop etib kelmoqda.

Yuqori