Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nishon tumani — Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1975-yil 6-martda tashkil etilgan. Janubida Turkmaniston, shimolida viloyatning Qarshi, sharqda Gʻuzor, gʻarbda

Nishon tumani

Nishon tumani
Нишанский район
tuman
Tarkibida Qashqadaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Yangi Nishon
hokim Botir Tog‘ayev
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi (01.01.2024) 165,1 ming kishi
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 2,1 ming km² km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Rasmiy sayti http://nishontumani.uz/
Xaritada
Nishon tumani xaritada
38°33′27″N 65°34′15″E / 38.55750°N 65.57083°E / 38.55750; 65.57083

Nishon tumani — Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1975-yil 6-martda tashkil etilgan. Janubida Turkmaniston, shimolida viloyatning Qarshi, sharqda Gʻuzor, gʻarbda Kasbi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,1 ming km². Aholisi 159,2 ming kishi (2022). Nishon tumanida 2 ta shahar (Tallimarjon va Yangi Nishon), 1 ta shaharcha (Nuriston), 10 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Balxiyak, Nishon, Navroʻz, Oydin, Oqoltin, Paxtazor, Qirqquloch, Shirinobod, Abdulla Qodiriy, Orzu boʻstoni) bor. Tuman markazi — Yangi Nishon shahri.

Tabiati

Tuman hududi Qashqadaryo vohasining janubida, Qarshi choʻlida joylashgan. Hududining asosiy qismi choʻl, qir hamda adirlardan iborat. Bu yerda Nishon, Gulbodom, Gʻovur, Kaptarli, Oydin kabi choʻl va yaylovlar mavjud. Iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha harorat 14,8°. Yanvarning oʻrtacha harorati 0,2°, eng past harorat —15°, iyulniki 28,8°, eng yuqori harorat 45°. Vegetatsiya davri 230 kun. Oktabr oyining oxirlari va noyabr oyining boshlaridan havo soviydi va namgarchilik boshlanadi. Yillik yogʻin 180–220 mm. Tuman hududidan Qarshi magistral kanali oʻtgan. Tallimarjon suv ombori bor. Tuprogʻi asosan, boʻz tuproq.

Aholisi

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, tojik, turkman, qozoq, qoraqalpoq, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km² ga salkam 79 kishi.

Iqtisodiyoti

Nishon tumani xoʻjaliklari paxtachilik, gʻallachilik, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan. Tumanda 377 kichik va xususiy korxona, 52 aksiyadorlik jamiyati, Tallimarjon GRES qurilish boshqarmasi, Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi shoʻba korxonasi mavjud. Nishon tumanida 3 shirkat, 1967 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatmoqda. 47196 ga yer maydoni sugʻoriladi, shu jumladan, 24553 ga paxta, 18640 ga gʻalla, 596,6 ga sabzavot va poliz, 1637 ga yem-xashak ekinlari bilan band. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 22 ming qoramol, 42,1 ming qoʻy va echki boqiladi. Tuman markazini xoʻjaliklar bilan bogʻlaydigan yoʻllar asfaltlangan. Tuman hududini Katta Oʻzbekiston trakti va temir yoʻl kesib oʻtgan. Nishon—Qarshi (25 km) va boshqa yoʻnalishlarda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Nishon tumanida 42 umumiy taʼlim maktabi, agroiqtisodiyot kolleji, 3 kasb-hunar maktabi, 21 kutubxona, madaniyat uylari, stadion bor. Kasalxona, feldsher-akusherlik punktlari, qishloq vrachlik punktlari va boshqa tibbiy muassasalarda 156 vrach va 640 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. 1975-yildan „Nishon tongi“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 960).

Moddiy madaniy meros obyektlari

Nishon tumanida 7 ta obyekt Oʻzbekiston Respublikasining Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Nishon tumani tibbiyot birlashmasi

Arxeologiya yodgorliklari

Tumanda jami 3 ta arxeologiya yodgorligi davlat muhofazasiga olingan.

Obyekt toʻliq nomiObyekt davriObyekt manziliKoʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1RabodtepaX—XII asrlarNishon QFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
2GulibodomtepaX—XVI asrlarNishon QFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
3SandiqlitepaX—XV asrlarNishon QFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Arxitektura yodgorliklari

Nayman ota maqbarasi XIV asrda barpo etilgan. Nishon tumani Guliston MFY Otquduq qishlogʻida joylashgan. Maqbara Otquduq qishlogʻidagi baland tepalik yon bagʻrida toʻrtburchak shaklda pishiq gʻishtdan bunyod etilgan boʻlib, 2 xonadan iborat. Balandligi 4,3 metrni tashkil etadi. Nayman ota maqbarasi Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruvi ostida. Vazirlar Mahkamasining 2021-yilning 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga binoan, Nayman ota maqbarasi 2021-2025 yillarda ustuvor ravishda restavratsiya qilinadigan obyektlar roʻyxatiga kiritilgan.

Monumental sanʼat yodgorliklari

Tumanda jami 3 ta monumental sanʼat yodgorligi milliy roʻyxatga kiritilgan.

Obyekt toʻliq nomiObyekt davriObyekt manziliKoʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1Motamsaro Ona haykali1984-yilPaxtakor MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
2Farhod haykali1985-yilNishon QFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
3Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga oʻrnatilgan yodgorlik1980-yilPaxtakor MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Yuqori