Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ângelo Gabriel Borges Damaceno (2004-yil 21-dekabr) – Braziliyalik professional futbolchi, u Saudiya Pro ligasining An-Nasr klubi vingeri.

Ângelo Gabriel

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ângelo Gabriel
Ângelo Gabriel Santos tarkibida, 2022-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ângelo Gabriel Borges Damaceno
Tavallud sanasi 2004-yil 21-dekabr
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al Nassr
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2015—2020 Santos
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020—2023 Santos 95 (3)
2023—2024 Chelsea 0 (0)
2023—2024   Strasbourg 21 (0)
2024— Al-Nassr 12 (1)
Milliy terma jamoa
2019—2020 Braziliya U-15 10 (1)
2021 Braziliya U-17 2 (0)
2022— Braziliya U-20 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ângelo Gabriel Borges Damaceno (2004-yil 21-dekabr) – Braziliyalik professional futbolchi, u Saudiya Pro ligasining An-Nasr klubi vingeri.

Klublardagi karyerasi

Santos

Angelo 2022-yil Santos safida

Brazilia shahrida tugʻilgan Ângelo 2015-yil 10-yoshida Santos yoshlar akademiyasiga borib qoʻshiladi. 2020-yilning iyul oyida atiga 15 yoshidayoq U-20 jamoasida oʻynashni boshlaydi.

2020-yilning 23-oktyabrida Angelo ilk professional shartnomasini imzoladi. Ikki kundan soʻng A Serie doirasidagi Fluminense jamoasiga qarshi uchrashuvda katta futboldagi debyutini oʻtkazgan. 15 yosh 10 oy va 4 kunligida maydonga tushgan holda futbolchi klub tarixida eng yosh debyut qilgan ikkinchi insonga aylandi.

Ângelo 2021-yilning 9-martida Libertadores kubogi doirasida Deportivo Lara jamoasiga qarshi uchrashuvda debyuti qilgan.

2021-yilning 6-aprelida San Lorenz klubiga qarshi oʻyinda u professional futboldagi ilk golini kiritadi. Aynan shu yilning 10-dekabr sanasida futbolchi Santos bilan shartnomasini 2024-yil dekabrgacha uzaytiradi.

Chelsea

2023-yil 16-iyul kuni Angelo Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi safiga qoʻshilishga rozi boʻldi. Ushbu transfer uchun londonliklar 13 million funt sterling toʻlaydi.

Strasburg (ijara)

2023-yilning 8-avgust kuni Ângelo mavsum yakuniga qadar Liga 1 jamoasi Strasburg ijaraga beriladi.

Yuqori