Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ikromxon Hoshimxonovich Najmiddinov (tugʻ. 1951-yilda, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek oʻqituvchisi va davlat arbobi, 17-sentyabr 2004-yilda Namangan viloyatini

Ikromxon Najmiddinov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Ikromxon va familiyasi Najmiddinov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Ikromxon Najmiddinov
Ikromxon Hoshimxonovich Najmiddinov
 Namangan viloyatining hokimi
Mansab davri
17-sentyabr 2004-yil  2009-yil
Oʻtmishdoshi Toʻlqin Jabborov
Vorisi Bahodir Yusupov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1951-yil
Yangiqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR, SSSR
Maʼlumoti Toshkent xalq xoʻjaligi instituti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Ikromxon Hoshimxonovich Najmiddinov (tugʻ. 1951-yilda, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek oʻqituvchisi va davlat arbobi, 17-sentyabr 2004-yilda Namangan viloyatining hokimi etib tayinlangan.

Biografiyasi

Ikromxon Xoshimxonovich 1951-yilda Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 1977-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tugatgan. Kasbi boʻyicha buxgalter-iqtisodchi.

O‘zbekiston Respublikasi Faxriylarni ijtimoiy quvvatlash „Nuroniy“ jamoatchiligi Namangan viloyati bo‘limi Kengashi raisi.

2004-yil 17-sentyabrdan 2009-yilgacha Namangan viloyati hokimi.

2016-yili O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili bo‘lgan.

Mukofotlari

2017-yilda Prezident farmoniga asosan „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan.

Ikromxon Najmiddinov 2021-yilda 70 yoshga toʻlishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan.

2026-yil 75 yoshga toʻlishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Yuqori