Nuriston, sobiq Kofiriston — Afgʻonistonning shimoli-sharqidagi baland togʻli viloyat. Aholisi, asosan, nuristonilar. XIX asr oxiriga qadar Nuristonda mustaqil dehqon jamoalari yashagan; ular arablar, Amir Temur, Akbar, Nodirshoh bilan boʻlgan urushlarda oʻz mustaqilliklarini saqlab qolishgan. 1896-yil afgʻon amiri Abdurahmon tomonidan boʻysundirilgan, aholi islomga kirgizilgan.
Turkumlar::
- Afgʻoniston viloyatlari
- Afgʻoniston geografiyasiga oid chala maqolalar