Asl metallar — Oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallar (ruteniy, rodiy, palladiy, osmiy, iridiy). Kimyoviy jihatdan turgʻun, qiyin eruvchan (oltin, kumushdan tashqari), zanglamaydi, ulardan yasalgan buyumlar koʻrkamligi bilan ajralib turadi. Oltin, kumush va platinaning plastikligi yuqori. Kimyogarlar platinani oʻrganib, platinali metallar guruhini aniqlashdi. Ular orasida Yerdagi eng ogʻir metall — Osmiy ham bor. U qoʻrgʻoshindan ikki marta, temirdan esa deyarli uch marta ogʻir. Platinadan maxsus kimyoviy idish — platina tigeli tayyorlanadi. Bu metallarning shu xususiyatlari texnikada va hayotda keng ishlatiladigan qotishmalarida ham namoyon boʻladi.
| Metall nomi | Solish-girma ogʻirligi g/sm1 | Erish temperaturasi, °S | Qattiqligi, N boʻyicha kg/mm2 |
|---|---|---|---|
| Ruteniy (Ru) | 12,2 | 2450 | 200 |
| Palladiy (Pd) | 1262 | 1550 | 30 |
| Kumush (Ag) | 10,6 | 960,0 | 20 |
| Osmiy (Os) | 22,5 | 2700 | 350 |
| Iridiy (Ir) | 22,4 | 2443 | 160 |
| Platina (Pt) | 21,6 | 1769 | 30 |
| Oltin (Au) | 19,6 | 1063 | 18 |
- Kimyo
- Kimyoga oid chala maqolalar