Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Davron Fayziyev (1976-yil 14-yanvar, Samarqandda tugʻilgan) – nafaqadagi oʻzbek professional futbolchisi va murabbiyi.

Davron Fayziyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Davron va familiyasi Fayziyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.Jurnalist Davron Fayziyev bilan adashtirib yuborilmasin.
Davronjon Fayziev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Davronjon Orifovich Fayziev
Tavallud sanasi 1976-yil 14-yanvar (1976-01-14) (50 yosh)
Tavallud joyi Samarqand, Oʻzbekiston SSR SSSR
Boʻyi 1.82 m (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011 Soʻgʻdiyona 14
1996 MHSK 24
1997—1999 Soʻgʻdiyona 86 (7)
2000 Dinamo 36 (7)
2000—2001 CSKA Moskva 23
2002 Alania Vladikavkaz 12
2003 Navbahor Namangan 13 (1)
2003—2006 Nasaf Qarshi 93 (4)
2007—2008 Dinamo 58 (7)
2009 Soʻgʻdiyona 27 (6)
Milliy terma jamoa
1997—2007 Oʻzbekiston 26 (2)
Boshqargan klublari
2012—2017 Soʻgʻdiyona
2018—2019 Dinamo
2020—2021 Qoʻqon 1912 assistent
2021 Buxoro
2022—2023 Qoʻqon 1912
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Davron Fayziyev (1976-yil 14-yanvar, Samarqandda tugʻilgan) – nafaqadagi oʻzbek professional futbolchisi va murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati

Fayziev himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynadi. U Oʻzbekiston va Rossiya Premer-ligasining koʻplab klublarida, jumladan, CSKA Moskva va Alaniya Vladikavkazda oʻynagan. Professional faoliyatini 1993-yilda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida boshlagan. 1996-yilda MHSK safida bir mavsum oʻynadi. 2000-yilgi mavsumni Samarqand-Dinamo klubida oʻtkazgan, biroq oʻsha yilning yozida Rossiyaga koʻchib oʻtgan, u yerda CSKA Moskvada oʻynagan. 2001-yil dekabr oyining oxirida CSKA futbol klubi rahbari Marian Plaxetko uning transferga qoʻyilganini bildi va bir necha hafta oʻtgach, u Alaniyaga sinov uchun keldi va tez orada shartnoma imzoladi. 2003-yilda vataniga qaytib, „Navbahor“ va „Nasaf“ klublarida toʻp surgan. 2007-yildan Samarqandning „Dinamo“ klubida oʻynagan va u bilan ikki yillik shartnoma imzolangan, muddati tugagach, „Soʻgʻdiyona“ga qaytdi. 2010-yilda „Xorazm“da oʻynagan. Faoliyatini „Soʻgʻdiyona“ klubida yakunlagan.

Xalqaro

1997-yil 29-sentyabrda 1998-yilda futbol boʻyicha jahon chempionati saralash bosqichida Kambodjaga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston terma jamoasida 4:1 hisobida gʻalaba qozongan. U 1997—2007-yillarda milliy terma jamoa safida 26 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati

2011-yilda Fayziev futbolchilik faoliyatini yakunlab, „Soʻgʻdiyona Jizzax“ jamoasini boshqara boshladi. 2012-yilda „Soʻgʻdiyona“ bilan Birinchi ligada 1-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston ligasiga yoʻl oldi. 2017-yil natijlar yomonlashuvi sababli istefoga chiqarildi. 2018-yil mavsum boshida Pro liga vakili Samarqandning „Dinamo“ klubi bilan shrtnoma imzoladi. 2021-yil „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Hozir „Qoqon 1912“ jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi. 2024-yil yanvar oyidan „OKMK“ jamoasida murabbiylar shtabi aʼzosi.

Yuqori