Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Beshqoʻrgʻon mahallasi (Beshqoʻrgʻon koʻchasi, 3) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi mahalla. Tumandagi Bek Toʻpi, Tirsakobod, Yang

Beshqoʻrgʻon mahallasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Beshqoʻrgʻon

Beshqoʻrgʻon mahallasi
Mahalla
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Chilonzor
Avvalgi nomlari Usmon Yusupov mahallasi
Aholisi
 (2009-yil)
5 200
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Pochta indeks(lar)i 700003
Avtomobil kodi 01

Beshqoʻrgʻon mahallasi (Beshqoʻrgʻon koʻchasi, 3) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi mahalla. Tumandagi Bek Toʻpi, Tirsakobod, Yangihayot tumanining Choshtepa mahallalari, Zangiota tumanining Eshonguzar, Erkin shaharchalari bilan chegaradosh. Mahalla nomi mahalla hududida oʻtmishda Beshqoʻrgʻon mavzesi boʻlganligi sababli shunday nomlangan. Mahalla 1998—2008–yillarda Usmon Yusupov nomi bilan atalgan, 2008-yil 28-apreldan hozirgi nomini olgan. Aholisi 5 200 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 10 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2009). Mahalla hududida 24 ta koʻcha, 75 davlat tashkiloti, oʻrta maktab, 16-oilaviy poliklinika, 2 ta masjid („Boʻta buva“, „Choshtepa“) joylashgan.

Yuqori