Feodosiy I, Buyuk (Theodosius) (taxminan 346—395) — Rim imperatori (379-yildan). 380 yil ortodoksal xristianlik hukmronligini oʻrnatgan, arianlar va majusiylarni quvgʻin qilgan. Uning davrida Olimpiya oʻyinlari (majusiylarga xos deb) bekor qilingan. Aleksandriya kutubxonasi va majusiylarning koʻplab ibodatxonalari yondirib yuborilgan.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |