Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Transkripsiya (musiqada) - musiqa asarini boshqacha tarzda (mas., boshqa sozga moslab) ifodalash (aranjirovka) yoki virtuoz ruxda erkin qayta ishlash (konsert T

Transkripsiya (musiqa)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Transkripsiya (musiqada) - musiqa asarini boshqacha tarzda (mas., boshqa sozga moslab) ifodalash (aranjirovka) yoki virtuoz ruxda erkin qayta ishlash (konsert T.si). Yevropada XVI—XVII asrlarda paydo boʻlgan. XIX asrdan (asosan, fortepiano T.lari) eng ommabop konsert janrlaridan biriga aylangan (F. List, K. Tauzig, M. Balakirev, F. Kreysler, S. Raxmaninov va boshqalar). Sharq xalklari bastakorlik ijodida muayyan kuylar asosida asarlar yaratishda anʼanaviy usullardan biridir. Mas., "Ushshoq" kuyi asosida yaratilgan "Samarqand Ushshogʻi", "Ushshoqi Sodirxon", shuningdek "Qoʻqon Ushshogʻi", "Toshkent Ushshogʻi", "Umrzoq Polvon Ushshogʻi", "Fattohxon Ushshogʻi".



Yuqori