![]() Eriksson in 2012 | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Sven-Göran Eriksson | ||
| Tavallud sanasi | 5-fevral 1948-yil | ||
| Tavallud joyi | Sunne, Shvetsiya | ||
| Vafot sanasi | 26-avgust 2024-yil (76 yoshda) | ||
| Vafot joyi | Sunne, Shvetsiya | ||
| Boʻyi | 1.78 m | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1964–1971 | Torsby | 109 | (23) |
| 1971–1972 | Sifhälla | 22 | (1) |
| 1972–1973 | Karlskoga | 19 | (4) |
| Total | 150 | (28) | |
| Boshqargan klublari | |||
| 1977–1978 | Degerfors | ||
| 1979–1982 | en:IFK Göteborg | ||
| 1982–1984 | Benfica | ||
| 1984–1987 | Roma | ||
| 1987–1989 | Fiorentina | ||
| 1989–1992 | Benfica | ||
| 1992–1997 | Sampdoria | ||
| 1997–2001 | Lazio | ||
| 2001–2006 | Angliya | ||
| 2007–2008 | Manchester City | ||
| 2008–2009 | Meksika | ||
| 2010 | Kot-dʼIvuar | ||
| 2010–2011 | Leicester City | ||
| 2013–2014 | Guangzhou R&F | ||
| 2014–2016 | Shanghai SIPG | ||
| 2016–2017 | Shenzhen | ||
| 2018–2019 | Filippin | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Sven-Göran Eriksson (shvedcha: Sven-Göran Eriksson; 1948-yil 5 fevral – 2024-yil 26-avgust) – shved futbolchisi va murabbiyi. Futbolchilik faoliyati davomida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaganidan soʻng, Eriksson 1977-yildan 2001-yilgacha klub murabbiyi katta muvaffaqiyatlarga erishgan va Shvetsiya, Portugaliya va Italiyaning turli liga klublari bilan 18 ta sovrinni qoʻlga kiritgan. Yevropa musobaqalarida u UEFA kubogi va Yevropa kubogi gʻoliblari kubogini qoʻlga kiritdi (oxirgi kubok bekor qilinishidan oldingi oxirgi mavsum) va Yevropa kubogi finaliga qadar jamoasini olib chiqgan.
Keyinchalik Eriksson Angliya, Meksika, Filippin va Kot-d’Ivuar terma jamoalarini, shuningdek, Angliyaning Manchester Siti va Lester Siti jamoalarini boshqargan. Eriksson oʻnta davlatda: Shvetsiya, Portugaliya, Italiya, Angliya, Meksika, Kot-d’Ivuar, Tailand, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy va Filippin term jamoalarida murabbiylik qilgan.
Shaxsiy hayot

Eriksson Enn-Kristin Pettersson bilan 1977-yil iyulidan 1994-yilda ajrashgunlarigacha turmush qurgan. Ularning ikki farzandi bor edi. 1998-yilning may oyida Eriksson italyan-amerikalik advokat Nensi Dell’Olio bilan tanishgan va ular olti oydan keyin yaqin munosabatlarni boshlaganlar. 2001-yilda ular birgalikda Londonga koʻchib oʻtishgan. 2002-yil boshida Eriksson ingliz-shved teleboshlovchisi Ulrika Jonsson bilan ishqiy munosabatda boʻlgan, lekin Sven keyinchalik Dell’Olio yoniga qaytgan. 2004-yil avgust oyida u Britaniya-Bangladesh kotibi Faria Alam bilan ishqiy munosabatda boʻlgan. Erikssonning „Mening hikoyam“ nomli avtobiografiyasi 2013-yil noyabrida chop etilgan.
Kasallik va oʻlim
2024-yil yanvar oyida Eriksson unga oshqozon osti bezi saratoni tashxisi qoʻyilgani va „eng yaxshi holatda bir yil umri qolgani“ haqida eʼlon qilgan edi. 2024-yilning mart oyida u bir oʻyin uchun nafaqadan qaytdi va Liverpul afsonalarini Ayaks jamoasiga qarshi xayriya oʻyinida boshqarib borgan. Sven Sunne yaqinidagi Björkeforsdagi uyida 2024-yil 26-avgustda 76 yoshida kasallikdan vafot etgan.
- 5-fevralda tugʻilganlar
- 1948-yilda tugʻilganlar
- 26-avgustda vafot etganlar
- 2024-yilda vafot etganlar
- Shvetsiyalik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak qanot himoyachilari
- Shvetsiyalik futbol murabbiylar
- FIFA Jahon chempionati 2010 murabbiylari
- AFC Osiyo Kubogi 2019 murabbiylari
- Serie A murabbiylari
- Angliya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
