- Vikipediyada ismi Qahramon va familiyasi Dadayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Qahramon Dadayev | |
|---|---|
| Tavalludi | Qahramon Dadayev 12-mart 1936-yil Toshkent |
| Vafoti | Toshkent |
| Kasbi | Doirachi, sozanda |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | Gliyer maktabi, Hamza musiqa maktabi |
| Mukofotlari | |
Qahramon Dadayev (1936.15.12, Toshkent — 2013-yil, Toshkent) — sozanda (doira), Oʻzbekiston xalq artisti (1977).
Bolaligi
Qahramon Dadayev 1936-yil 15-dekabr kuni Toshkent shahrining Eski Juv mahallasida tavallud topgan.
Ta'limi
Glier nomidagi Respublika musiqa maktabi, Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtida taʼlim olgan.
Foliyati
Doira ijrochilik anʼanalarini Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist T. Inogomov va Gʻ. Inogomovlardan oʻrgangan. Toshkent xoreografiya bilim yurti (1953—54), Oʻzbek davlat estradasi (1954—57), "Bahor" raqs ansambli (1957—97)da sozanda, mazkur ansambl tashkilotchilaridan. M. Turgʻunboyeva, I. Oqilov, Ye. Baranovskiy va Q. Mirkarimovalar bilan "Uchrashuv", "Havaskor", "Salom" kabi xoreografik kompozitsiyalar hamda "Pilla", "Zang", "Katta oʻyin", "Larzon", "Choʻpon", "Fargʻonacha", "Fargʻona ruboiysi", "Buxorocha", "Xorazmcha" kabi oʻnlab raqslarni sahnaga qoʻyish va yaratishga katta hissa qoʻshgan. Ayniqsa, oʻziga xos tarzda, bir yoʻla 2—3 doirada yakka ijro etgan "Oʻzbek doira usullari" turkumi, katta artistik mahorat bilan ijro etgan doira oʻyin ("Havaskor", "Qoʻgʻirchoq" kabi)lari mashhur. T. Sayfiddinov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar aka-uka Islomovlar, H. Rasulov, H. Azimov va b. D. shogirdlaridir. 80 dan ortiq mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. 6-Jahon yoshlar festivali laureati (1957, Moskva), sobiq Ittifoq Davlat mukofoti laureati (1973).
Oilasi
- Gulandon Ortiqova — singlisi.
Vafoti
Qahramon Dadayev 2013-yil Toshkent shahrida vafot etgan. Minor qabristoniga dafn qilingan.
Xotirasini abaydiylashtirish
Dadayev haqida "Oʻzbektelefilm" studiyasida "Qahramon Dadayev chaladi" nomli film suratga olingan (1983, rejissyor Sh. Bizatov).
- 12-martda tugʻilganlar
- 1936-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekiston xalq artistlari
- 15-dekabrda tugʻilganlar
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari