![]() | ||||
| Toʻliq nomi | Ýedigen Ashxobod futbol jamoasi | |||
|---|---|---|---|---|
| Laqabi | Talabalar | |||
| Asos solingan | 2003 | |||
| HTTU stadioni | ||||
| Sigʻimi | 1,000 | |||
| Egasi | Xalqaro Turkman-Turk universiteti | |||
| Liga | Yokary Liga | |||
| ||||
Ýedigen futbol jamoasi (turkmancha: Ýedigen futbol topary) – Ashxobodda joylashgan Turkmaniston professional futbol klubi. Klub 2003-yilda MTTU nomi bilan tashkil etilgan. Bu Xalqaro Turkman-Turk Universitetining futbol jamoasi edi. 2000-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab yetakchi turkman futbol klublaridan biri boʻlgan. Jamoaning uy stadioni 1000 kishini sigʻdira oladigan va universitet hududida joylashgan HTTU stadioni edi. 2004-yildan ilk bor Turkmaniston Oliy ligasida ishtirokini boshlagan. 4 marta mamlakat chempioni boʻlgan, 2 martadan Turkmaniston kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2016-yil avgust oyida jamoa tarqatib yuborilgan.
Tarix
Klub 2003-yilda Xalqaro Turkman-Turk universiteti tomonidan HTTU Ashxobod nomi bilan tuzilgan boʻlib (turkmancha: Halkara Türkmen-Türk Uniwersiteti futbol topary Aşgabat) FC HTTU nomi ostida xalqaro oʻyinlarda ishtirok etgan. Birinchi bosh murabbiy Oraz Geldiyev edi. 2005-yilda jamoa Turkmaniston Superkubogini qoʻlga kiritgan va final oʻyinida Marining Marv jamoasini (4:1) magʻlub etgan.
2012-yilda jamoa Yokari ligada 3-oʻrinni egallagan. 2013-yilda HTTU Yokari liga, Turkmaniston Superkubogi va Eskishehir kubogini qoʻlga kiritgan. Jamoa hujumchisi Sulaymon Muhadov mavsum davomida 23 ta gol urib, oltin butsa poygasida ikkinchi oʻrinni egallagan.
2014-yilgi mavsum jamoada bir qancha muhim yetakchi futbolchilar va murabbiy ketishi ortidan, klub sardori Rovshen Meredov bosh murabbiy etib tayinlangan. Meredov qoʻl ostida HTTU Turkmaniston Superkubogi oʻyinida ishtirok etgan va „Ahal“ jamoasiga 4:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. 2013-yilgi mavsumdagi muvaffaqiyati natijasida HTTU 2014-yilda Filippinda boʻlib oʻtgan AFC Prezidenti kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Xalqaro musoboqaning yakuniy final oʻyinida Shimoliy Koreyaning „Rimyongsu“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etgan va turnir gʻolibi boʻlgan. Sulaymon Muhadov 11 ta gol bilan turnirning eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
2016-yildan klub nomi Ýedigen FC ga oʻzgartirgan. 2016-yilning 1-avgustida klub Turkmaniston Yokari ligasini moliyaviy qiyinchiliklar sababli tark etgan va keyinchalik tarqatib yuborilgan. „Ýedigen“ chempionat oʻyinlarining yarmidan koʻpini oʻtkazgani uchun, Turkmaniston chempionatining qolgan turlarida Ýedigen raqiblariga har bir uchrashuvda gʻalaba, „Ýedigen“ jamoasiga esa texnik magʻlubiyat yozilgan. Natijada klub 22 ochko bilan turnir jadvalida 9-oʻrinni egallagan.
Mahalliy
| Mavsum | Liga | Turkmaniston kubogi | Eng yaxshi toʻpurar | Murabbiy | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Div. | Oʻrin | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG | O | Ism | Liga | |||
| 2015 | Oliy dvizion | 6 | 36 | 12 | 10 | 14 | 50 | 54 | 46 | Chorak final | |||
| 2016 | Oliy dvizion | 9 | 36 | 6 | 4 | 26 | 22 | 31 | 22 | ||||
Kontinental
| Musoboqa | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG | T/N |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| AFC Kubogi | 10 | 2 | 2 | 6 | 19 | 26 | −7 |
| AFC Prezidenti Kubogi | 9 | 6 | 2 | 1 | 20 | 7 | +13 |
| Jami | 19 | 8 | 4 | 7 | 39 | 33 | +6 |
MDH kubogi
| Mavsum | Musoboqa | Bosqich | Klub | Hisob | Oʻrin |
|---|---|---|---|---|---|
| 2006 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstlik kubogi | C guruhi | 2–0 | 3 | |
| 1–0 | |||||
| 1–5 | |||||
| 2007 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstlik kubogi | D guruhi | 0–2 | 4 | |
| 1–2 | |||||
| 0–4 | |||||
| 2007 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstlik kubogi | C guruhi | 3–1 | 2 | |
| 2–4 | |||||
| 2–4 | |||||
| Chorak final | 1–1 (p) | ||||
| Yarim final | 0–4 | ||||
Yutuqlar
- Turkmaniston ligasi (4)
- Gʻoliblar: 2005, 2006, 2009, 2013-yillar
- Ikkinchi oʻrin: 2007, 2008, 2011
- Turkmaniston kubogi (2)
- Gʻoliblar: 2006, 2011
- Gʻoliblar: 2008, 2012
- Turkmaniston Superkubogi (3)
- Gʻoliblar: 2005, 2009, 2012
- Ikkinchi oʻrin: 2006, 2011
- Turkmaniston Prezidenti kubogi (3)
- Gʻolib: 2007, 2008, 2009
- Ikkinchi oʻrin: 2006-yil
- AFC Prezidenti kubogi (1)
- Gʻolib: 2014-yil
Managers
Oraz Geldiýew (2003–2006)
Ýazguly Hojageldyýew (2006–2013)
Röwşen Meredow (2014)
Begench Garayev (2014–2016)
- Alifbo boʻyicha futbol klublari
- Turkmaniston futbol klublari
- Ashxoboddagi futbol klublari
- 2003-yilda tashkil etilgan futbol klublari
- AFC Chaqiruv ligasida gʻolib chiqqan klublar
- 2016-yilda tugatilgan futbol klublari
