Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Asadjon Xodjayev — Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori, Oʻzbekiston kikboksing assotsiatsiyasi vitse prezidenti

Asadjon Xodjayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Asad va familiyasi Xodjayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Asadjon Azatbekovich Xodjayev
Асаджон Азатбекович Ходжаев
 Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori
 
Mansab davri
2020-yil 29-iyuldan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Komil Allamjonov
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati rahbari
 
Mansab davri
2017-yil martdan  2017-yil avgustgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Vorisi Komil Allamjonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1970-yil 3-sentyabr (1970-09-03) (55 yosh)
Chimkent, Qozogʻiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Maʼlumoti Toshkent elektrotexnika aloqa instituti

Asadjon Xodjayev — Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori, Oʻzbekiston kikboksing assotsiatsiyasi vitse prezidenti

Taʼlim

Asadjon Azatbekovich Xodjayev 1970-yil 3-sentyabrda Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyatida tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutining elektraloqa muhandisligi yoʻnalishini tugallagan Asadjon Xoʻdjayev 2001-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi — elektraloqa muhandisi, iqtisod magistri.

Karyera

Asadjon Xodjayev 1995-yilda oʻz faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida boshlaydi. Shuningdek, 2001-yilgacha O‘zbekiston pochta va telekommunikasiyalar agentligi markaziy apparatida ham faoliyat koʻrsatgan.

2001-yildan boshlab bir qancha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida ishlay boshlaydi.

Yillar: Mansab
2001-2003-yillarda "O‘zbekiston pochtasi" Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, „O‘zinfokom“ Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari
2003-2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparatining yetakchi konsultanti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantirish loyihasi rahbari oʻrinbosari
2004-2011-yillarda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining oʻrinbosari
2011-2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktori
2012-2017-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori
2017-yil martidan avgustiga Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi
2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparati mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi oʻrinbosari
2017-yilning dekabridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy memorial majmuasi rahbarining birinchi o‘rinbosari
2018-yil avgustidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga ko‘maklashish markazi direktori
2019-yil noyabridan O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i
2020-yil 29-iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori
2021-yil 16-avgustdan Oʻzbekiston kikboksing assotsiatsiyasining konferensiyasida assotsiatsiya vitse prezidenti

Shaxsiy hayoti

Asadjon Xoʻjayev oilali, 4 nafar farzandning otasi.

Manbalar:

  1. „O'zbekiston kikboks assatsiatsiyasi rahbariyati“. 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan . Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  2. „Asadjon Xodjaev AOKAga direktor etib tayinlandi“.
  3. „Prezident sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi“.
  4. „AOKA yangi direktori“.
  5. „Асаджон Хўжаев АОКА директори этиб тайинланди“. 2022-yil 24-aprelda asl nusxadan . Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  6. „AOKA direktori Asadjon Xodjayev Oʻzbekiston kikboksing assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi“. 2022-yil 3-avgustda asl nusxadan . Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
Yuqori