|
| |
| Mamlakat | |
|---|---|
| Tegishli | Sharqiy Buxoro |
| Tarkibida | Boysun, Yaumchi, Rabot, Darband, Sayrob, Xatak, Zarabogʻ, Poshxurd, Buzravot, Kakaydi |
| Maʼmuriy markazi | Boysun |
| Bekor qilingan sanasi | 1920-yil |
| Xaritada | |
Boysun bekligi yoki Boysun viloyati – Buxoro amirligining Sharqiy Buxorodagi maʼmuriy-hududiy birligi (hozirgi Oʻzbekiston hududi), markazi Boysun shahri boʻlgan. Dastlab mustaqil boʻlgan, XIX asrning 2-yarmida amir Muzaffar tomonidan amirlik tarkibiga qoʻshib olingan.
Boysun bekligi tarkibiga: Boysun, Yaumchi, Rabot, Darband, Sayrob, Xatak, Zarabogʻ, Poshxurd, Buzravot, Kakaydi amlokliklaridan iborat boʻlgan. Boysun bekligi hududining kattaligi jihatidan vohada yetakchi oʻrinda turgan. XIX arning 70-yillarida beklikda amirlikning 300 navkari joylashtirilgan. XIX asr 80-yillarida Boysun, Sherobod, Denov, Baljuvon, Koʻlob, Qoʻrgʻontepa va Qabodiyon bekliklari amirning qarindoshi Hisor begi Ostonaqulbekka boʻysungan.
- Maʼmuriy birliklar
- Buxoro xonligi
- Buxoro amirligi bekliklari
