| Foreign Languages | |
|---|---|
| „Foreign Languages“ teleradiokanali | |
| | |
| Mamlakat | |
| Namoyish vaqti | tunu-kun |
| Namoyish hududi | |
| Til(lar)i | turli xorijiy tillar |
| Boshqaruv markazi | Toshkent, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 69-uy |
| Mazmuni | xorijiy tillarni oʻrgatishni ommalashtirish |
| Efirga chiqqan | 2021-yil 6-dekabr |
| Tomoshabinlar | 35 milliondan koʻp |
| Asoschisi | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
| Egasi | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
| Rahbarlari | Alisher Shoyimov |
| Aloqador telekanallar | Oʻzbekiston MTRK kanallari |
| Sayt | www.mtrk.uz |
Foreign Languages – Oʻzbekistonning xorijiy tillarga ixtisoslashgan umummilliy davlat teleradiokanali. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida tashkil etilgan. 2021-yil 6-dekabr kuni test rejimida ish boshlagan.
Tarixi
2021-yil 19-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xorijiy tillarni oʻrganish ishlarini ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish haqida PQ–5117-sonli qarori qabul qilindi. Shu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida 2021-yil 27-avgustda Vazirlar Mahkamasi „Foreign Languages“ nomli teleradiokanal tashkil etish toʻgʻrisidagi 546-sonli qarorni qabul qildi. Teleradiokanal 2021-yil 6-dekabr, soat 9:00 dan oʻz faoliyatini tugatgan „Oilaviy“ telekanali bazasida test rejimida ish boshladi.
Tavsifi
„Foreign Languages“ teleradiokanali oʻz dasturlarini 24 soat davomida xorijiy tillarda uzatadi. Bir kunda kamida 3 soat onlayn tarzda xorijiy tillarni oʻrgatishga moʻljallangan koʻrsatuvlar efirga uzatiladi. Bolalar uchun moʻljallangan xorijiy tildagi asarlar asl tilida, baʼzi hollarda oʻzbek, rus, ingliz tillaridagi subtitrlar bilan efirga uzatiladi.
- Telekanallar
- Oʻzbekistonda televideniye