| Rishod Rashidovich Sobirov | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | erkak |
| Fuqaroligi | |
| Tavallud sanasi | 1986-yil 11-sentyabr Jondor tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR |
| Faoliyat yillari | 2005-bugun |
| Vazni | –66 kg |
| Mukofotlar | |
| Sport | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Qaysi sport | Dzyudo |
| Medal soni | ||
|---|---|---|
| Dzyudo | ||
| Olimpiada oʻyinlari | ||
| Bronza | Pekin-2008 | –60 kg |
| Bronza | London-2012 | –60 kg |
| Bronza | Rio-de-Janeyro-2016 | –60 kg |
| Jahon chempionati | ||
| Oltin | Tokio-2010 | –60 kg |
| Oltin | Parij-2011 | –60 kg |
| Bronza | Ostona-2015 | –60 kg |
| Osiyo oʻyinlari | ||
| Oltin | Guanchjou-2010 | –60 kg |
| Bronza | Inchxon-2014 | Erkaklar jamoasi |
| Osiyo chempionati | ||
| Kumush | Kuvayt-2007 | –60 kg |
| Bronza | Taypey-2009 | –60 kg |
| World Masters | ||
| Oltin | Suvon-2010 | –60 kg |
| Oltin | Boku-2011 | –60 kg |
| Kumush | Olmaota-2012 | Erkaklar jamoasi |
| IJF Grand Slam | ||
| Oltin | Moskva-2010 | –60 kg |
| Oltin | Parij-2011 | –60 kg |
| Oltin | Moskva-2011 | –60 kg |
| Oltin | Parij-2012 | –60 kg |
| Kumush | Parij-2010 | –60 kg |
| Kumush | Rio-de-Janeyro-2010 | –60 kg |
| Bronza | Abu-Dabi-2015 | –66 kg |
| IJF Grand Prix | ||
| Oltin | Hamburg-2009 | –60 kg |
| Oltin | Tunis-2010 | –60 kg |
| Oltin | Toshkent-2014 | –66 kg |
| Oltin | Samsun-2015 | –66 kg |
| Kumush | Abu-Dabi-2012 | –66 kg |
| Bronza | Abu-Dabu-2009 | –60 kg |
| Bronza | Budapesht-2016 | –66 kg |
| Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati | ||
| Oltin | Bayrut-2005 | –55 kg |
Rishod Rashidovich Sobirov (1986-yil 11-sentyabrda Buxoro viloyati, Jondor tumanida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik dzyudochi. Dzyudo boʻyicha Respublika va xalqaro miqyosdagi turli musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan. 2008-yil Buxoro davlat universitetini tamomlagan.
Sport faoliyati
- 2005-yil 12-14-noyabr kunlari Xitoyning Taypey shahrida yoshlar oʻrtasida Osiyo birinchiligida 1-oʻrin.
- 2007-yil 12-18-may kunlari Quvaytda Osiyo chempionatida 2-oʻrin.
- 2007-yil 17-19-mart kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida xalqaro turnirda 3-oʻrin.
- 2008-yil 23-29-aprel kunlari Koreyaning Chedju shahrida Osiyo chempionatda 5-oʻrin, 2008-yil 12-25-avgust kunlari Xitoyning Pekin shahrida Olimpiada oʻyinlarida 3-oʻrin, 2008-yil 3-6-oktyabr kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida jamoalar oʻrtasida jahon chempionatida 2-oʻrinni egallab, musobaqaning kumush medali sovrindori boʻldi.
- 2009-yil 20-23-mart kunlari Germaniyaning Gamburg shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrin, 2009-yil 15-25-may kunlari Xitoyning Taypey shahrida Osiyo chempionatida 3-oʻrinni egalladi.
- 2010-yil 16-18-yanvar kunlari Koreyaning Suvon shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrin, 2010-yil 4-6-fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida xalqaro turnirda 2-oʻrin, 2010-yil 7-11-may kunlari Tunisning Gammart shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrin, 2010-yil 11-17-may kunlari Braziliyaning Rio-de-janero shahrida xalqaro turnirda 2-oʻrin, 2010-yil 1-5-iyul kunlari Rossiyaning Moskva shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrinlarni egalladi.
- 2010-yilning 6-12-sentyabr kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida oltin medalini qoʻlga kiritdi.
- 2010-yilning 13-16-noyabr kunlari Xitoyning Guanchjou shahrida XVI-Osiyo oʻyinlarida 1-oʻrinni egalladi va musobaqaning oltin medalini qoʻlga kiritdi.
- 2011-yilning 5-7-fevral kunlari Ozarbayjonning Baku shahrida oʻtkazilgan xalqaro turnirda ham munosib ishtirok etib 1-oʻrin.
- 2011-yil 5-6-fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrin, 2011-yil 20-25-may kunlari Rossiyaning Moskva shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrin, 2011-yil 23-27-avgust kunlari Fransiyaning Parij shahrida jahon chempionatida 1-oʻrin,
- 2012-yil 9-12-yanvar kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida xalqaro turnirda 2-oʻrin.
- 2012-yil 1-12-fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrinlarni egalladi. Shu yili Angliyaning London shahrida oʻtkazilgan XXX Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 3-oʻrinni egalladi.
Mehnat faoliyati
- 2004—2008-yillar — Buxoro davlat universiteti talabasi
- 2008—2012-yillar — Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti harbiy xizmatchisi
Mukofotlari
- 2003-yildan buyon dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi. Dzyudo boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi.
- 2008-yili „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni.
- 2011-yili „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
- 2012-yil „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Turkumlar::
- 11-sentyabrda tugʻilganlar
- 1986-yilda tugʻilganlar
- Jondor tumanida tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchilar
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Oʻzbekistonlik erkak dzyudochilar
- 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar
- 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar
- 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar
- Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan dzyudochilari
- Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida bronza medali olgan sportchilari
- Dzyudo boʻyicha Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari
- 2008-yilgi Yozgi Olimpiyada oʻyinlari sovrindori
- 2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari
- 2016-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari
- Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari
- Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari bronza medali sohiblari
- 21-asrda Oʻzbekistonlik erkak sportchilari
- Buxoro davlat universiteti bitiruvchilari
- Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti bitiruvchilari