
STIGLITS (Stiglitz) Jozef (1943.9.2, Gari sh., AQSH) — amerikalik iqtisodchi. 1967-yilda Massachusets texnologiya institutida drlik darajasini olgan. Yel, Garvard va Stenford universitetlarida dars bergan. AQSH prezidenti B.Klintonning iqtisodiy maslahatchilari kengashi aʼzosi (1993—1997). 1997—2000-yil Jahon banki vitseprezidenti va bosh iqtisodchisi. 2001-yildan NyuYork shahridagi Kolumbiya universiteti professor S. assimetrik axborotlarga asoslangan bozor nazariyasini asoslab berdi. Mukammal axborotga ega boʻlishning iqtisodiy samarasini isbotladi. Nobel mukofoti laureati (2001; J. Akerlof va M. Spet bilan birga).
- Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureatlari
- Alifbo boʻyicha olimlar
- Yashayotgan insonlar
- Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari
- Olimlar haqidagi chala maqolalar