Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Aleksandr Nikolayevich Nesmeyanov [1899.28.8(9.9) — Moskva — 1980.17.1] — rus organik kimyogari, SSSR Fanlar akademiyasi akademik (1943), prezidenti (1951—61).

Aleksandr Nesmeyanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aleksandr Nikolayevich Nesmeyanov [1899.28.8(9.9) — Moskva — 1980.17.1] — rus organik kimyogari, SSSR Fanlar akademiyasi akademik (1943), prezidenti (1951—61). Asosiy tadqiqotlari metallorganik birikmalar kimyosiga bagʻishlangan. 1929-yilda simoborganik birikmalarni diazousul yordamida sintezlashni taklif etdi. Bu usul keyinchalik Sn, Pb, Ti, Sb, Bi kabi metallorganik birikmalarga ham qoʻllandi (Nesmeyanov reaksiyasi). Mg, Zn, Cf, Al, Te, Sn, Pb, Sb, Bi kabi metallorganik birikmalarni simoborganik birikmalardan sintezlab olishning oson va qulay usulini ishlab chiqdi. Xloron, bromon va ta-riarilokson birikmalarini birinchi boʻlib sintez qildi; metallotro-piya hodisasini kashf etdi.

Adabiyotlar

  • Izbr. trudi v 4-x t., 1—4, M, 1959; Ximiya ferrotsena, 1969; Issledovaniya v oblasti organicheskoy ximii, M., 1971.




Yuqori