Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Pavel Bugalo (ruscha: Бугало, Павел Викторович; 1974-yilning 21-avgustida tugʻilgan) Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi darvozaboni va sobiq futbolchi.

Pavel Bugalo

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Pavel Bugalo
Павел Бугало
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pavel Bugalo Viktorovich
Tavallud sanasi 1974-yil 21-avgust (1974-08-21) (51 yosh)
Tavallud joyi ChirchiqOʻzbekiston SSR
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Darvozabon
Laqabi Pasha
Klub maʼlumoti
Joriy klub
OKMK Darvozabonlar murabbiyi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1989—1990 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991 Chirchiq 14 (0)
1992—1999 Paxtakor 172 (0)
2000—2001 FC Spartak Vladikavkaz 10 (0)
2002—2004 FC Jenis 51 (0)
2005 FC Jetysu 22 (0)
2006 Ordabasi FC 23 (0)
2007—2010 Bunyodkor 69 (0)
2010 Andijon 5 (0)
2011—2013 Lokomotiv Toshkent 35 (0)
2014—2017 Bunyodkor 12 (0)
Milliy terma jamoa
1995—2007 Oʻzbekiston 40 (0)
Boshqargan klublari
2018 Bunyodkor (Darvozabonlar murabbiyi)
2019—2023 OKMK (Darvozabonlar murabbiyi)
2023— Paxtakor (Darvozabonlar murabbiyi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2018.12.31 uchun)

Pavel Bugalo (ruscha: Бугало, Павел Викторович; 1974-yilning 21-avgustida tugʻilgan) Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi darvozaboni va sobiq futbolchi.

Futbolchilik faoliyati

U 1996 va 1997-yillarda „Paxtakor“ safida oʻynab, Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor boʻlgan. Keyinchalik u Rossiyada „Alaniya Vladikavkaz“ va Qozogʻistonda oʻynadi va 2002-yilda „Jenis Astana“ bilan kubok chempioni boʻldi. Shuningdek Qozogʻistonda „Jetisu“ va „Ordabasi“ tarkibida ham toʻp surdi.

2007—2010-yillarda „Bunyodkor“ safida toʻp surgan va 2008-yilda Oʻzbekiston chempionati va kubogida gʻolib chiqqan. 2010-yil davomida u „Andijon“ klubi safini himoya qilgan. 2011-yilda poytaxtning boshqa klubi Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga oʻtdi va u yerda 3 mavsum toʻp surdi. 2013-yil dekabr oyida u „Lokomotiv“ni tark etib, „Bunyodkor“ga qaytdi va klub bilan shartnoma imzoladi. 2013-yilning dekabr oyida „Lokomotiv“ni tark etib, „Bunyodkor“ klubiga qaytdi va u bilan shartnoma imzoladi va shu klubdagi professional futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlagach, biznes bilan shugʻullana boshlagan. Hozir „AGMK“ klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Xalqaro faoliyati

Bugalo 1995-yildan 2007-yilgacha futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 40 ta oʻyinda maydonga tushgan. Milliy terma jamoa tarkibida 1996-yilda BAAda boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Osiyo kubogi va 2007-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Osiyo kubogi ishtirokchisi boʻlgan.

Yutuqlar

Klub

„Paxtakor“
  • Oʻzbekiston ligasi (2): 1992, 1998
  • Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrinchisi (1): 1993
  • Oʻzbekiston kubogi (2): 1993, 1997; Jenis
  • Qozogʻiston kubogi (1): 2002;

Bunyodkor

  • Oʻzbekiston ligasi (1): 2008, 2009
  • Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrinchisi (1): 2007
  • Oʻzbekiston kubogi (1): 2008,

; Lokomotiv

  • Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrinchisi (1): 2013

Individual

  • Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi (2): 1996, 1997
Yuqori