Infeksion mononukleoz (Filatov kasalligi, bezlar isitmasi) — odamning oʻtkir infeksion kasalligi. Bunda boʻyindagi, jagʻ ostidagi va boshqa limfa bezlari shishadi, tomoq ogʻriydi, qon zaharlanadi va jigar zararlanadi. Birinchi marta rus olimi N. F. Filatov tasvirlagan. Kasallikka maxsus virus sabab boʻladi, deb faraz qilinadi. Bolalar va oʻspirinlarda koʻproq uchraydi. Yashirin davri 7—12 kun. Havo-tomchi yoʻli orqali yuqadi. Kasallik, odatda, birdaniga boshlanadi, temperatura 39—40° gacha koʻtariladi, bosh qattiq ogʻriydi. Murtak bezlari oq, sargʻish karash bilan qoplanadi, shundan keyin limfa bezlari (baʼzan taloq ham) kattalashadi. Isitma 20—25 kun davom etadi. Bemor mumkin qadar ertaroq shifokorga murojaat qilib, davolanishi kerak.
Oldini olish
Bemor isitmasi qaytguncha boshqalardan ajratib qoʻyiladi. Davo choralari shifokor koʻrsatmasi asosida amalga oshiriladi.
- Tibbiyotga oid chala maqolalar
- Kasalliklar
- Yuqumli kasalliklar
- Virusli infeksiyalar